«FarDU ilmiy xabarlari» Том 30 № 6 (2024)
О‘ZBEKISTONDA MODERNIZATSIYA JARAYONLARI VA RAHBAR KADRLAR FAOLIYATI
Arzimatova, Inoyatxon
Аннотация
<p>Maqolada jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’naviy hayotida rahbarning o‘rni va roli, rahbarning shaxsi va boshqaruvchilik xususiyatlari, rahbar dunyoqarashi, yuksak axloqi, erkin va chuqur fikrlashi, yangicha tafakkurga asoslanishi masalalari o‘rganilgan. Yangilanish jarayonlari shaxsdan yangicha yondashuv, yangicha fikrlashni, shaxs ongi va tafakkurining ham yangilanishini taqozo etadi. Har qanday progressiv tashabbus ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlangandagina, u amaliyotga aylanadi. Bu sohada, ayniqsa, rahbarning o‘rni va tutgan yo‘li muhim bo‘lib, uning xatti-harakatlari va faoliyati u rahbarlik qilayotgan jamoa yoki yo‘nalishning ham faoliyatini belgilaydi. Shuningdek, yangi O‘zbekistonni barpo etish strategiyasi jamiyat va uning a’zolari oldiga boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, zamon talablari va ruhiga mos bo‘lgan rahbarlarning yangi shaklini tarbiyalab, shakllantirish vazifasini qo‘yayotganligi tahlil etilgan.</p>
Kalit so‘zlar: jamiyatrahbartashkilotguruhboshqaruvchilik xususiyatidunyoqarashyangilanish jarayonlariijtimoiy hayotmoddiy va ma’naviy ishlab chiqarishboshqaruv tizimi.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.