«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 30 Issue 6 (2024)
POLIMER YUZASIDA METAL OKSIDI NANOZARRACHALARINI ZOL-GEL USULI YORDAMIDA SINTEZ QILISH VA ULARNING XOSSALARI
Abdujalilov, Ilkhomjon
Abstract
<p>Polimer asosidagi funksional materiallar o‘zining keng qo‘llanilish sohasi tufayli texnologik jihatdan boshqa materiallar orasida alohida o‘rin egallaydi. Metal oksidi asosidagi polimer nanokompozitlar o‘ziga hos elektr, optik, termal, mexanik, katalitik, biotibbiy xususiyatlariga ko‘ra olimlar tomonidan katta ilmiy qiziqish bildirilmoqda. Ushbu ishda mahalliy homashyo asosida olingan polimer material yuzasida zol-gel usuli yordamida ZnO nanozarrachalari sintezi va ularni organik bo‘yoqlardagi fotokatalitik parchalanish reaksiyalari o‘rganildi. Olingan ZnO nanozarrachalari tutgan funksional materialni kimyoviy tahlil qilish uchun IQ spektroskopik usul, Skanerlovchi Elektron Mikroskopiya(SEM), Energiya Dispersion Rentgen tahlilidan foydalanildi. ZnO tutgan funksional polimerning organik bo‘yoq-Metilen ko‘ki(MK)ni suvli eritmasida quyosh nuri ta`sirida fotokatalitik parchalanish reaksiyasi o‘rganildi.</p>
PPE-1 anionitiZnO/polimer kompozitlariZol-gel usuliMetilen ko‘kifotokatalizatorPPE-1 anioniteZnO/polymer compositesSol-gel methodMethylene bluePhotocatalyst
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.