«FarDU ilmiy xabarlari» 30-tom 6-san (2024)
АNОR MЕVАSINING MINЕRАL VА FLАVОNОID TАRKIBINI О‘RGАNISH
Saminov, Xusniddin
Annotaciya
<p>Ushbu maqolada Farg‘ona viloyatida yetishtiriladigan anor o‘simligi meva qismining mineral va flavonoid tarkibini tadqiq qilish natijalari keltirilgan. Anor mevasi urug‘ining mineral tarkibi induktiv bog‘langan plazmali mass spektrometriya usuli bilan o‘rganish natijasida 32 ta elementning miqdori aniqlangan. Aniqlangan minerallarning umumiy miqdori 10388,204 mg/L ni tashkil etdi. Anor mevasi urug‘i tarkibida kalsiy, kaliy, magniy, va oltingugurt kabi makroelementlar aniqlandi. Kalsiy va kaliy makroelementlarning miqdori 9532,36 mg/L ni tashkil etib, minerallar umumiy massasiga nisbatan 92.4% ni tashkil etdi. Fe, Si, Mn, Al, Zn, Ba, Ti, Cu, B, Sr, Mo va Rb kabi mikroelementlar aniqlandi. Anor o‘simligi mevasining po‘stlog‘i tarkibidagi flavonoidlar yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usuli bilan o‘rganildi. Anor mevasi po‘stlog‘ida rutin 8,87 mg/100 g miqdorda aniqlandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra anor urug‘i kalsiy va kaliy elementlariga boy ekanligini ta’kidlash mumkin.</p>
anormevaurug‘makroelementmikroelementflavonoidinduktiv bog‘langan plazmali mass spektrometriyayuqori samarali suyuqlik xromatografiya
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.