«FarDU ilmiy xabarlari» 30-jild 6-son (2024)
D-METALLARNING KARBAMID, FORMALDEGID VA DIFENILKARBAZON BILAN SORBSIYASI VA TADQIQOTI
Yulchiyeva, Marguba
Annotatsiya
<p>Ushbu maqolada tarkibida azot bo‘lgan helat hosil qiluvchi sorbent sintez qilish maqsadida: karbamid, formaldegidni ishqoriy muhitda difenilkarbazon (KF-DK) bilan o‘zaro polikondensatsiya reaksiyasi asosida sorbent sintez qilib olindi. Sintez qilingan KF-DK ning polikondensatsiya jarayoniga haroratning ta’siri o‘rganildi. Polikondensatlanish uchun maqbul harorat 363 К deb tanlab olindi va reaksiyaning davomiyligi 1,5-2 soatni, 0,1 n NaOH eritmasi uchun statik almashinish sig‘imi 4,3 mg-ekv/g ni tashkil etdi. Xelat hosil qiluvchi sorbent uchun dastlabki moddalar: karbamid, formaldegid (2 :5) va difenilkarbazonning 0,1:0,2 0,3 mol nisbatlari olinib, Cu (II) Zn (II) va Ni (II) bilan sorbsiyalanish darajalari aniqlangan. KF-DKning Cu (II) ionlari bilan sorbsiya jarayoniga muhit ta’siri tahlil qilindi. Yangi sintez qilingan sorbent tuzilishi IQ spektroskopik tahlil natijalari asosida taxminiy tuzilishi taklif qilingan.</p>
karbamidformaldegiddifenilkarbazonpolikondensatsiyauchun statik almashinish sig‘imipHIQ spektroskopiya: carbamideformaldehydediphenylcarbazone
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.