«FarDU ilmiy xabarlari» Том 30 № 6 (2024)
O‘ZBEKISTONDAGI ANABASIS APHYLLA L. O‘SIMLIGINING FITOKIMYOVIY KOMPONENTLARINI O‘RGANISH
Shergʻoziyev, Qilichbek
Аннотация
<p>Maqolada <em>Anabasis aphylla L. </em>o‘simligining botanik tavsifi, kimyoviy tarkibi va uning xalq tabobatidagi foydalanish imkoniyatlari o‘rganilgan. <em>Anabasis aphylla L.</em> – <em>Amaranthaceae</em> oilasiga mansub sho‘r va quruq hududlarda yashashga moslashgan o‘simlik bo‘lib, o‘zi uchun xos bo‘lgan yuqori toksiklik xususiyatlari bilan ajralib turadi. O‘simlikda alkaloidlar, flavonoidlar, kumarinlar, taninlar, saponinlar, glikozidlar va boshqa biofaol moddalarning mavjudligi aniqlangan. Maqolada, shuningdek, o‘simlikning yer ustki va ildiz qismlarining ekstraktlaridagi fitokomponentlarning taqsimlanishi tahlil qilingan. O‘simlikning ayrim qismlari xalq tabobatida ishlatiladi, ammo uning toksikligi sababli ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur. O‘simlikda uchraydigan alkaloidlar va flavonoidlar kabi moddalarning dorivor xususiyatlari antibakterial, antivirus, yallig‘lanishga qarshi va antitumor ta’sirlarni ko‘rsatadi. Maqolada <em>Anabasis aphylla L.</em> o‘simligining biofaol moddalarining kimyoviy tahlili va ular bilan bog‘liq davolash xususiyatlari batafsil yoritilgan.</p>
Anabasis aphylla L.fitokimyoviy tarkibbioaktiv moddaalkaloidflavonoidkumarintanninsaponinglikozidtoksiklik
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.