«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 30 Issue 6 (2024)
OKSALIL XITOZAN SINTEZI
Karimov, Sherali
Abstract
<p>Xitozanning ikki asosli karbon kislotalar bilan oʻzaro ta’sir mahsulotlari odatda qattiq va gidrogel membranalarni tayyorlash uchun foydalaniladi. Tadqiqotimizda xitozan va oksalat kislotaning oʻzaro ta’siri uchun qattiq holatdagi moddalarning yuqori harorat hamda siljish deformatsiyalari sharoitidan farqli ravishda eritma muhitida olib borishni maqsad qildik. Ushbu reaksiya birikish/eliminirlash mexanizmi boʻyicha borib, aminoguruhlarning amid funksiyasi qayta tiklanadi va amidlar hosil boʻladi. Xitozan va olingan mahsulot oksalil xitozanning infraqizil spektrlari, rentgen fazaviy diffraktogrammalari, elektron mikroskopdagi tasvirlari taqqoslanganda reaksiyaning yetarli darajada amalga oshganligi ma’lum boʻldi. Deatsetillanish darajasi 89 % boʻlgan xitozanning oksalat kislota N-atsillash reaksiyasi 70 ºC da, 24 soat davomida olib borilishi optimal sharoit ekanligi hamda olinadigan mahsulot unumi 59,5% ni tashkil etishi aniqlandi.</p>
xitozanoksalat kislotamodifikatsiyaN-atsil hosilainfraqizil spektrrentgen fazaviy diffraktometrSEM tahlilchitosanoxalic acidmodification
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.