«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 30 Issue 6 (2024)
MAY QOʻNGʻIZIDAN OLINGAN XITIN VA XITOZAN MODDALARINING TERMIK TAHLILI
Karimov, Sherali
Abstract
<p>Xitin va xitozan moddalari uglerod hamda azot elementlarini oʻz ichiga olgan koʻpchilik boshqa birikmalar singari, ushbu elementlarning tabiatdagi global sikllarida faol ishtirok etadi. Xitin tabiatda uchta asosiy manbaga ega (qisqichbaqasimonlar qobigʻi, hasharotlar kutikulasi va mitselial zamburugʻlarning hujayra devori). Dunyo amaliyotida koʻp foydalaniladigan xitin, xitozan moddalarining asosiy xomashyolariga alternativ manbaa sifatida mamlakatimizda keng tarqalgan, reproduksiyasi yuqori boʻlgan may qoʻngʻizidan xitin (polimorf shakli γ, kristallik darajasi 24,80 %) ajratib olindi hamda deatsetillanish darajasi 89,1 % boʻlgan xitozan (kristallik darajasi 11,30 %)ga oʻtkazildi. Ushbu moddalar termik tahlil qilinganda xitinning maksimal parchalanish harorati 365,20 ºC, xitozanniki esa 292,53 ºC ekanligi, bu qiymatlar xitin moddasining polimorf shakli, kristallik darajasi, makromolekulasining oʻlchamiga va xitozanning deatsetillanish darajasiga bogʻliq holda oʻzgarishi aniqlandi.</p>
xomashyomay qoʻngʻizixitinxitozantermik tahliltermogrammadifferensial skanerlovchi kolorimetriyadeatsetillanish darajasikrisstallik darajasipolimorf shakl.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.