«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 30 Issue 6 (2024)
SINTAKTIK SATHDA O‘XSHATISHLARNING TABIATIGA DOIR
Shuxratova, Yulduzxon
Abstract
<p><em>Mazkur maqolada o‘xshatishning sintaktik sathdagi xususiyatlari, ularning badiiy tilning obrazlilik va ta’sirchanlik kabi muhim jihatlariga ta’siri o‘rganiladi. O‘xshatishlar semantik, stilistik va sintaktik birliklar orqali ifodalanishi, shuningdek, bu munosabatni shakllantiruvchi asosiy elementlar (subyekt, etalon, asos va formal ko‘rsatkichlar) batafsil tahlil qilinadi. Poetik obrazlarda o‘xshatish vositalari tashqi va ichki tasvir usullari orqali aniqlanib, ularning universal lisoniy kategoriya sifatida o‘rni yoritiladi. Shuningdek, maqolada o‘xshatishning milliy va mantiqiy xususiyatlari ko‘rsatilib, bunday vositalarning tildagi lingvistik ko‘rinishlari ko‘rib chiqiladi. Ushbu tadqiqot tilshunoslikning sintaksis sohasiga oid metod va usullarga asoslangan bo‘lib, o‘xshatish munosabatlarini tizimli yondashuv orqali yoritishga qaratilgan.</em></p>
o‘xshatishbadiiy tilsintaktik vositalartashqi va ichki o‘xshatishsintaktik kategoriyaobrazlilikpoetik obraz.simileartistic languagesyntactic devices
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.