«FarDU ilmiy xabarlari» 30-jild 6-son (2024)
SOʻX DARYOSI HAVZASIDA UCHROVCHI GOBIO LEPIDOLAEMUS KESSLER, 1872 (TELEOSTEI: GOBIONIDAE)NING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI
Urmonova, Dilafruz, Sheraliyev, Baxtiyor
Annotatsiya
<p><em>Soʻx daryosi joylashgan mintaqasiga koʻra togʻ daryosi hisoblanib, ixtiofaunasining tur tarkibi boʻyicha tekislik suv havzalaridan farq qiladi. Shu kungacha ushbu daryoda baliqlarning 3 turi tarqalganligi borasida maʼlumotlar mavjud edi.</em><em> Mazkur tadqiqot davomida ilk marotaba Soʻx daryosining oʻrta oqimida Sirdaryo havzasi endemigi boʻlgan Turkiston qumbaligʻi (Gobio lepidolaemus) ning kichik populyatsiyasi uchrashi aniqlandi. Turkiston qumbaligʻining yashash muhiti asosan tekislik suv havzalari hisoblanib, uning asta-sekin sovuq suvli togʻ daryolari tomon migratsiyasi tadqiqot davomida isbotlandi. Mazkur maqolada Soʻx daryosi ixtiofaunasidan ilk bor qayd etilgan Turkiston qumbaligʻining morfologik xususiyatlari haqida soʻz boradi. Turning morfometrik hamda meristik koʻrsatkichlari yigʻilgan namunalar asosida tahlil qilindi hamda boshqa suv havzalari populyatsiyalari koʻrsatkichlari bilan solishtirib chiqildi.</em></p>
Gobiochuchuk suv baliqlariFargʻona vodiysimorfologiyameristik va plastik koʻrsatkichlarSoʻx daryosi.Gobiofreshwater fishFergana Valleymorphology
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.