«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 30 Issue 6 (2024)
FARG‘ONA VODIYSIDA TARQALGAN KOKSINELLIDLARNING HAYOT SHAKLLARI
Gafurova, Saodat, Xolmatov, Baxtiyor
Abstract
<p><em>Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysida tarqalgan koksinellidlarning hayot shakli va namlikka nisbatan guruhlari, biotoplarda tarqalishi haqida ma’lumot berilgan. Koksinellidlarning fitobiontlar bo‘yicha taqsimlanishiga ko‘ra, Farg‘ona vodiysida tarqalgan koksinellidlarning 5 ta asosiy guruhga mansub ekani aniqlanib: xortobiontlar 8 ta tur (22,8%), dendrobiontlar 9 ta tur (25,7%), dendroxortobiontlar 9 ta tur (25,7%), dendrotamnoxortobiontlar 4 ta tur (11%), dendro-tamnobiont 5 ta tur (14 %) ni tashkil etdi. Bundan tashqari namgarchilik sharoitiga nisbatan tadqiqot hududi koksinellidlarini quyidagi ekologik guruhlarga ajratdik: mezofillar, mezokserofillar, kserofillar. Farg‘ona vodiysida tarqalgan 35 turdagi koksinellidlarning mezofil guruhiga 25 ta turlar kirib, 71,4% ni, mezokserofil turiga 7 ta tur kirib, 2 % ni, kserofil turiga esa 2 ta tur kirib, 0,2 % ni tashkil etdi. Koksinellidlarning biotoplar bo‘yicha yani g‘o‘za, bedapoya, sabzavot-poliz, makkajo‘xori va yovvoyi g‘allasimon o‘simliklar biotoplarida hamda mevali va manzarali daraxtlar biotoplarida tarqalishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.</em></p>
evribiontkoksinellidmezofilmezokserofilkserofildendrobiont.eurybiontcoccinellidmesophilemesoxerophile
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.