«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 30 Issue 6 (2024)
QUYON QO‘SHIMCHA MAHSULOTLARINING MINERAL TARKIBINI O‘RGANISH
Mamatov, Zafar, Ibragimov, Alidjan, Nazarov, Otabek
Abstract
<p><em>Ushbu maqolada Farg‘ona viloyatida yetishtiriladigan quyonning terisi; juni; jigar, buyrak va yuragi</em><em>ning mineral </em><em>tarkibi </em><em>induktiv bog‘langan plazmali optik emission </em><em>spektrometriya usuli bilan tadqiq qilish natijalari keltirilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra tadqiq qilingan 30 ta elementdan teri va jigar, buyrak va yurak tarkibida 21 ta hamda junida 20 ta elementning miqdori aniqlangan. Quyon jigar, buyrak va yuragi makroelementlarga boy ekanligi aniqlanib, terisiga nisbatan 1,58 va juniga nibatan 2,65 marta ko‘proq miqdorda makroelementlarga egadir. Makroelementlardan fosfor, kaliy va magniy quyon jigar, buyrak va yuragi tarkibida, natriy terisida hamda oltingugurt va kaltsiy junida eng ko‘p miqdorda aniqlangan. </em><em>Mikroelementlardan litiy, bor, alyuminiy, kremniy, vanadiy, xrom, marganets, temir. kobalt, nikel, mis, rux, strontsiy, molibdenlarning miqdori aniqlandi. Quon jigar, buyrak va yuragida temir miqdori qolgan namunalarga qaraganda 1,86-1,97 marta hamda junida rux miqdori 7,6-8 marta </em><strong><em>ko‘proq ekanligi namoyon bo‘ldi. Tadqiq qilngan namunalar tarkibida toksik elementlardan faqat oz miqdorda kadmiy aniqlandi. </em></strong></p>
quyonterijunmakroelementmikroelementinduktiv bog‘langan plazmali optik emission spektrometriyarabbitskinwoolmacroelement
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.