«FarDU ilmiy xabarlari» 30-том (2024)
TOG‘LI JIGARRANG TUPROQLAR VA ALLIUM KARATAVIENSE REGEL, FRITILLARIA SEWERZOWII REGEL O‘SIMLIKLARI BIOGEOKIMYOSI
Isomiddinov, Zokirjon, Isag‘aliyev, Murodjon, Yuldashev, G‘ulomjon
Аңдатпа
<p><em>Maqolada tog‘li jigarrang tuproqlari gumusli yuza qatlami va dorivor qoratog‘ piyoz (Allium karataviense Regel), Seversov piyozi (olg‘i) (Fritillaria sewerzowii Regel) o‘simliklari organlarida (ildiz, barg, piyozbosh) kimyoviy elementlar miqdori va biogeokimyoviy xususiyatlari o‘rganilgan. Tabiiy tuproq-iqlim sharoitlarida qoratog‘ piyozi o‘sadigan tog‘li jigarrang tuproqlarda Sb, Cs mikroelementlarining miqdori litosfera klarkidan kamligi, Sc, Cr, Co elementlari esa litosfera klarkidan ko‘pligi isbotlangan. Siklik va tarqoq mikroelementlar qoratog‘ piyoz (Allium karataviense Regel) ildizida akkumulyatsiyalanishi kuzatildi. Allium karataviense Regel va Fritillaria sewerzowii Regel o‘simliklari organlari tarkibida mikroelementlarning miqdorlari quyidagi Cr 2,31-9,90, Co 0,073-0,057, Sb 0,009-0,089, Sc 0,035-0,400, Cs 0,024-0,240 mg/kg oralig‘ida o‘zgaradi. Ushbu elementlar miqdori tog‘li jigarrang tuproqlarining ustki qatlamlarida Cr 61,3-67,2, Co 15,0-15,6, Sb 1,30-1,54, Sc 11</em><em>,</em><em>4-11</em><em>,</em><em>8, Cs 7.04-7.42 mg/kg oralig‘ida tebranadi.</em></p>
tog‘li jigarrang tuproqAllium karataviense RegelFritillaria sewerzowii Regelmikroelementbiologik singdirish koeffitsiyenti.mountain brown soilsAllium karataviense RegelFritillaria sewerzowii Regelmicroelementbiological absorption coefficient.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.