«FarDU ilmiy xabarlari» 30-jild (2024)
FARG‘ONA VA QO‘QON SHAHARLARI TUPROQLARINING MORFOGENETIK XUSUSIYATLARI
Ergasheva, Nazokat
Annotatsiya
<p><em>Maqolada Farg‘ona va Qo‘qon shaharlari tuproqlarining shakllanishiga taʼsir etuvchi omillar, urbapedogenez jarayonlari, shahar tuproqlarini tasniflashning oʻziga xosligi, ularning morfologik tuzilishi, fizikaviy va kimyoviy xossalari hamda tabiiy analoglaridan farqlari keng yoritilgan. </em></p> <p><em>Shahar va unga tutash hududlarning tuproqlari va tuproqsimon yaralmalari antropogen omilning kuchli ta’siri ostida shakllanadi. Shahar qurilishlari jarayonida ko‘plab kotlovanlar, xandoqlar qaziladi , suv, kanalizatsiya, yer osti yo‘llari tashlandiqlari tuproq qoplami suriladi, olib ketiladi, turli guruntlar bilan aralashtiriladi, ba’zan qurilish materiali sifatida ishlatiladi. </em><em>Ular o‘rniga ko‘plab qurilish va maishiy chiqindilar qoladi. Ular odatda tekislanadi va ustidan keltirilma gruntlar yotqiziladi. Shahar hududining katta qismiga asfalt va beton qoplamalar yotqizilgan. Tabiiy o‘simliklar urbofitosenoz bilan almashadi. Tuproq bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarini, jumladan, ekologik vazifalarini ado etolmay qoladi. Sanoat korxonalari , transport shuningdek maishiy tashlama va chiqindilar tuproqlarni og‘ir metallar va boshqa kimyoviy birikmalar bilan ifloslantiradi. Bu ifloslangan tuproqlar natijada atrof muhitga va inson salomatligiga katta ta’sir qiladi.</em></p>
Maishiy va texnogen chiqindilarantropogentexnogen omillarshahar tuproqlarifunksional tumanlarqurilishshahar tuproq qatlamlariurbanozemindustrozemkulturozem.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.