«FarDU ilmiy xabarlari» 30-том 6-сан (2024)
BOSHLANG'ICH SINF O‘QUVCHILARIDA BAG'RIKENGLIK DUNYOQARASHINI TARBIYALASH: NAZARIY VA AMALIY YONDASHUVLAR
Ro‘ziboyeva, Madina
Аннотация
<p><em>Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bag‘rikenglik dunyoqarashini tarbiyalash masalasini nazariy va amaliy yondashuvlar asosida o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotda bag‘rikenglik tushunchasining ijtimoiy va madaniy asoslari, shuningdek, uning turli tillar va madaniyatlarda qanday aks ettirilishi tahlil qilinadi. Bag‘rikenglikning psixologik va pedagogik jihatlari ham ko‘rib chiqiladi, chunki u bolalarning ijtimoiylashuvi va madaniy kodlarni o‘zlashtirishida muhim rol o‘ynaydi. Maqolada bolalar o‘yinlari orqali bag‘rikenglikni rivojlantirishning usullari, o‘quvchilarni murosaga tayyorlash, boshqalarning fikrlarini hurmat qilish kabi fazilatlarni shakllantirish usullari bayon etiladi. Shuningdek, zamonaviy ta'lim tizimida bag‘rikenglikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va strategiyalar taqdim etiladi. Tadqiqot natijalari o‘qituvchilarga va ta’lim tizimi mutaxassislariga boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirishda yordam beradi. Shu tariqa, maqola nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy qo‘llanmalarning ahamiyatini ham ochib beradi. Ushbu maqolada bag‘rikenglik tushunchasini tahlil qilish uchun nazariy, solishtirma va amaliy tahlil usullari qo‘llanilgan. Mazkur usullar bolalarning ijtimoiy va madaniy ko‘nikmalarini shakllantirishda o‘yinlar va ta’limiy faoliyatlarning samaradorligini baholashga yordam beradi. Turli tillar va madaniy kontekstlarda bag‘rikenglik tushunchasining o‘xshashliklari va farqlarini solishtirish orqali aniqlangan. </em></p>
bag‘rikenglikboshlang‘ich sinfdunyoqarashta’limbolalar o‘yinlaripsixologik aspektlarpedagogik yondashuvlarijtimoiylashuvmadaniy kodlarta’lim tizimi
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.