«FarDU ilmiy xabarlari» 30-том 6-сан (2024)
INGLIZ BOLALAR ADABIYOTIDAGI SARGUZASHT-FANTASTIK ASARLAR POETIKASIGA DOIR
Ortiqov, Rustamjon
Аннотация
<p><em>Ushbu maqola Angliya adabiyotshunosligida bolalar adabiyoti sohasining rivojlanishi va tadqiqotlari haqida batafsil ma'lumot beradi. Bolalar adabiyoti, ko‘pincha sinonimlar bilan ifodalanadigan tushunchalar qatorida, alohida tadqiqot obyektlariga ega ekanligi ta'kidlanadi. XVIII asr oxiri va XX asrning birinchi choragida ingliz bolalar adabiyotining rivojlanishi romantizm uslubi va klassik davr an'analaridan kelib chiqib, yangi adabiy uslublar va yo‘nalishlarni sinovdan o‘tkazish bilan ajralib turadi. Maqolada, bolalar adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, fantastika va absurdizm kabi janrlar orqali bolalar va kattalar o‘rtasidagi farqlar, shuningdek, bolalik mavzusining badiiy jarayondagi o‘rni yoritilgan. Bolalar obrazining shakllanishi va bolalar adabiyotining o‘ziga xosligi romantik davrda, ayniqsa Viktoriyan davrida, alohida ahamiyat kasb etgani ta'kidlanadi. Maqola, shuningdek, bolalar adabiyotining o‘ziga xos maqsadlari va badiiy elementlarini o‘z ichiga oladi. Bunga qo‘shimcha ravishda, ingliz bolalar adabiyoti namoyondalari hisoblangan bir qator olimlar haqida ham ma’lumotlar berilgan. Xususan, Charlz Dikkensning “Oliver Kromvel” va Lyus Kerrolning “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” hamda “Alisa ko‘zgu ortida” kitoblarining ingliz bolalar adabiyotidagi o‘rni xususida mulohazalar berilgan. </em><em>Oliver Kromvel va Alisa kabi bolalar asarlarining badiiy obrazlari gneosologik jihatdan tahlil qilingan. </em></p>
bolalar adabiyotiAngliya adabiyotshunosligiromantizmklassik davrbolalar obrazlarita'limiy adabiyotfantastikaviktoriyan davri.children's literatureEnglish literature
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.