«FarDU ilmiy xabarlari» Том 30 № 6 (2024)
O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA NUTQIY AKTLARGA DOIR TADQIQOTLAR: USUL VA YONDASHUVLAR
Nurbek, Axmadjonov
Аннотация
<p><em>Ushbu maqolada o‘zbek tilshunosligida bugungi kunda o‘z dolzarbligi bilan ajralib turuvchi nutqiy akt nazariyasi hamda unga doir akt va yondashuvlar xususida so‘z yuritiladi. Nutqiy aktlarning jahon va o‘zbek tilshunosligida alohida tadqiqot mavzusi sifatida o‘rganilishi uning lingvistikada naqadar muhim ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi. Ta’kidlash lozimki, nutqiy aktning lingvistik tahlilini amalga oshirishda qo‘llanadigan uslublar ularni tasniflash uchun aniq mezonlarni ishlab chiqishda, kontekstga asoslangan yondashuvlarni ochib berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Nutqiy aktlarni o‘rganishdagi mavjud uslub va yondashuvlar uning tub mohiyatini ochib berishda asosiy o‘rin egallaydi. Maqolada o‘ziga xos yondashuv o‘laroq yuzaga kelgan yangilik bu nutqiy aktlarning psixolingvistika fani bilan o‘zaro aloqadorligini o‘rganish sanaladi. Ushbu integratsion yondashuv orqali ular o‘rtasidagi munosabatlar: nutqiy akt shakllanishida inson ruhiy olamining roli, inson miyasining qaysi qismi nutqiy aktlar uchun javobgar ekanligi, nutq buzilish holatlarining nutqiy aktlarga bevosita ta’siri kabilar ikki soha uyg‘unlashgan maydonda hosil bo‘ladi. Nutqiy aktlarni tilshunoslik doirasida tadqiq qilish tilni modellashtirishning yangi usullarini kashf etadi.</em></p>
lokutiv aktillokutiv aktperlokutiv aktnutqiy akt nazariyasipragmalingvistikausul va yondashuvmezonlocative actillocutionary actperlocutionary act speech act theory
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.