«FarDU ilmiy xabarlari» 30-том 6-нөмір (2024)
DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA TIL O‘RGANUVCHILARNING O‘ZLASHTIRISH JARAYONINI BAHOLASH
Yusupov, Islombek, Muxammadaminova, Dildora
Аңдатпа
<p><em>Maqolada chet tilini o‘qitish jarayonida baholashning ahamiyati va turli usullarini o‘rganish bo‘yicha batafsil tahlillar berilgan. Diagnostika va baholash o‘quvchilarning rivojlanish dinamikasini kuzatish, ehtiyojlarini aniqlash va ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish uchun muhim vosita sifatida ko‘rib chiqiladi. Rasmiy baholash xalqaro standartlashtirilgan testlar (IELTS, TOEFL) orqali o‘quvchilarning grammatik bilimlari va asosiy til ko‘nikmalarini obyektiv baholash imkoniyatini beradi. </em><em>Norasmiy baholash esa moslashuvchanligi bilan dars davomida o‘quvchilarning zaif tomonlarini aniqlashda va ularga individual yondashuvni qo‘llashda yordam beradi.</em><em> Formativ baholash o‘quvchilarning davomiy rivojlanishini kuzatish va o‘qituvchilarga darsni moslashtirish imkonini bersa, summativ baholash yakuniy natijalarni baholashda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada formativ baholashning motivatsion xususiyatlari, jumladan, qayta aloqa orqali o‘quvchilarning ta’lim jarayonini yaxshilashga qaratilgan amaliyotlari haqida so‘z boradi. Rasmiy va norasmiy baholash, shuningdek, formativ va summativ yondashuvlarning uyg‘unligi ta’lim sifatini oshirishda va o‘quvchilarning kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim ekani ta’kidlangan. Shuningdek, diagnostik usullardan foydalanish o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirishda alohida o‘rin tutadi. Baholash jarayoni orqali o‘quvchilarning ehtiyojlariga moslashtirilgan ta’lim samarali tashkil etiladi, bu esa ta’lim sifatining yanada oshishiga olib keladi.</em></p>
rasmiy baholashnorasmiy baholashsummativ baholashformativ baholashdiagnostik ko‘nikmalartil o‘rgatish samaradorligi.formal assessmentinformal assessmentsummative assessmentformative assessment
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.