«FarDU ilmiy xabarlari» 30-tom 6-san (2024)
NUTQ SO‘ZLASHDA QO‘RQUVNI YENGISH: SABABLAR VA TAKLIFLAR
Ubaydullayeva, Durdona
Annotaciya
<p><em>Ushbu maqola notiqlik san’atidagi asosiy muammolar – nutq davomida kuchli hayajon, qo‘rquv va o‘zini yo‘qotib qo‘yishning sabablari hamda ularning muqobil yechimlariga bag‘ishlangan. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, odamlarning taxminan 77 foizi omma oldida nutq so‘zlash qo‘rquvidan aziyat chekadi. Bu esa dunyo aholisining to‘rtdan uch qismi ushbu muammoga duch kelishini anglatadi. Nutq san’atidagi qo‘rquvning kelib chiqishiga bir qator omillar sabab bo‘ladi, jumladan, o‘ziga bo‘lgan ishonchsizlik, auditoriya oldida muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan qo‘rqish va yetarli tayyorgarlikning yo‘qligi. Shu bilan birga, psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu muammo nafaqat shaxsiy omillar, balki ijtimoiy muhit va tarbiyadan ham kelib chiqadi. Nutq qilish san’ati ko‘pincha vaqt o‘tishi bilan o‘zlashtiriladigan ko‘nikma hisoblanadi. Ushbu maqolada hayajonni boshqarish texnikalari, chuqur nafas olish mashqlari va yaxshi tayyorgarlik orqali bu muammoni yengish usullari yoritiladi. Shuningdek, mavzuga oid o‘quv kurslari va treninglarning ahamiyati ta’kidlangan. </em></p>
notiqlikso‘zlashuv ilmiuslubintonatsiya shakllarinutq rejasiqo‘rquv simptomlari.oratoryrhetoricstyleintonation patterns
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.