«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 30 № 6 (2024)
HURMAT KONSEPTI VA STILISTIK VOSITALARNING O‘ZARO UYG‘UNLIGI
Yusupova, Sabohatxon, Ganiyeva, Dildora
Аннотатсия
<p><em>Hurmat konsepti har bir jamiyatning madaniyati va qadriyatlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqola o‘zbek tilida hurmat konsepti va stilistik vositalarning uyg‘unligini o‘rganadi. Tadqiqot davomida lingvistik va stilistik vositalar yordamida hurmat ifodasining turli ko‘rinishlari tahlil qilinadi. Bunda zamonaviy o‘zbek tili, adabiy matnlar va ommaviy axborot vositalaridan foydalaniladi. Stilistik vositalarning madaniy kommunikatsiyadagi o‘rni “Brown and Levinson”ning odob-axloq nazariyasi doirasida ko‘rib chiqiladi. Ushbu maqola lingvistik tadqiqotlar uchun yangi g‘oyalarni ochib beradi. Hurmat konsepti insonlararo munosabatlarda muhim o‘rin tutuvchi fenomenlardan biridir. Ushbu maqolada hurmatning turli tillardagi ifodalanish xususiyatlari va stilistik vositalarning bu jarayondagi roli tadqiq qilinadi. O‘zbek, rus va ingliz tillaridagi hurmatga oid turli lingvistik birliklar va ularning ishlatilish kontekstlari tahlil qilinadi. Stilistik vositalar, masalan, metafora, epitet, va polite leksik birikmalar, hurmatni ifodalashda qanday foydalanilayotganiga e’tibor qaratiladi. Bundan tashqari, turli madaniy kontekstlarda hurmatning ko‘rinishlari va ular o‘rtasidagi o‘xshashlik hamda farqlar ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari hurmatning turli tillar va madaniyatlar doirasida o‘ziga xosligini hamda lingvistik va stilistik vositalar orqali ushbu tushuncha qanday ifodalanishini yanada chuqurroq tushunishga imkon beradi.</em></p>
hurmat konseptistilistik vositalarlingvistikakommunikatsiyamadaniyatadabiy tiltahlilo‘zbek tilikommunikativ samaradorlikdiskurs.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.