«FarDU ilmiy xabarlari» 30-tom 6-san (2024)
TUPROQ VA INDIGOFERA TINCTORIA L. ORGANLARIDA OG‘IR METALLARNING TARQALISH VA TO‘PLANISH XUSUSIYATLARI
Isaqov, Valijon, Qoraboyev, Xalimjon
Annotaciya
<p><em>Tuproq-o‘simlik tizimida kimyoviy elementlarning migratsiya akkumulyatsiya jarayonlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Mazkur tadqiqot ishida vatani Hindiston, Janubiy-Sharqiy Osiyo bo‘lgan Indigofera tinctoria L. o‘simligini Farg‘ona vodiysining tuproq-iqlim sharoitlariga moslashuv davrida og‘ir metallarni to‘plash xususiyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Indigofera tinctoria o‘simligi turli tuproqlardan, ularning kimyoviy element tarkibi va miqdoriga bog‘liq holda turlicha singdiradi. </em><em>Cu, Zn, Sr, Mo, Cd kabi elementlar o‘simlikning turli a’zolarida turli miqdorlarda to‘planadi. Zn, Sr, Mo, Cd elementlarining BSK sug‘oriladigan sho‘rxokli o‘tloqi va o‘tloqi-voha tuproqlarida 1 dan 15 gacha bo‘lgan oraliqda o‘zgaradi. Kolmataj tuproqlarda Mo ning BSK 77 ga yetadi. Ni, Ba va Pb metallarining Indigofera tinctoria o‘simligi tomonidan singdirilish koeffitsiyenti 1 dan kichik. Faqat o‘tloqi-voha tuproqlarida Pb ning BSK si 1 dan biroz ortadi.</em></p>
indigofera tinctoriasug‘oriladigan sho‘rxokli o‘tloqi tuproqo‘tloqi-voha tuproqkolmataj tuproqog‘ir metallarbiologik singdirish koeffitsiyentio‘tish faolligi.indigofera tinctoriairrigated saline meadow soilmeadow-oasis soil
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.