«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 30 № 6 (2024)
CHORVACHILIK VA UNING SOVET DAVLATI XALQ XO‘JALIGIDA TUTGAN O‘RNI
Ravshan, Djurayev
Аннотатсия
<p><em>Dunyo miqyosida Markaziy Osiyoda chorvachilik sohasining rivojlanish jarayoni va bosqichlari, sovet hokimiyatining kollektivlashtirish siyosati va uning agrar tarmoqqa ta’siri, sovet davrida chorvachilikka ixtisoslashtirilgan sovxozlar tarixi, chorvachilik va chorvadorlarning hayotini etnografik nuqtayi-nazaridan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarda agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish, aholi xo‘jalik hayotida chorvachilikning rolini oshirish, hududlardagi yaylov yerlar va ulardan samarali foydalanish, aholiga yetkazib beriladigan go‘sht va sut mahsulotlari sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Tadqiqotning maqsadi sovet hokimiyati davrida O‘zbekiston SSRda chorvachilik tarmog‘i va sohada yuz bergan o‘zgarishlarni ochib berishdan iborat. Maqola tarixiylik, tizimlilik, xolislik tamoyillari hamda muammoga sivilizatsion yondashuv, qiyosiy va muammoviy – xronologik tahlil usullaridan foydalanilgan xolda yozilgan. Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlarning chorvachilik sohasiga ta’siri tarixshunoslikda ilk bor sovet yillari doirasida o‘rganilib, aniqlangan muammolar bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan; O‘zbekiston SSRda chorvachilik tarixiga doir arxiv hujjatlari, statistik ma’lumotlar va davriy matbuot materiallarini aniqlash, qiyosiy tahlil qilish asosida hududda mazkur tarmoq tarixini o‘rganishning nazariy konseptual asoslari ishlab chiqilgan.</em></p>
Sovet hokimiyatichorvachilikxalq xo‘jaligiyilqichilikqoramollaryaylovlaryer ozuqasi.Soviet poweranimal husbandrynational economy
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.