«FarDU ilmiy xabarlari» 30-jild 6-son (2024)
O‘ZBEK TILINING FUNKSIONAL SINTAKSISI MASALALARI
Abdupattoev, Muhammadtohir
Annotatsiya
<p><em>Maqolada jahonda funksional tilshunoslikning yuzaga kelishi, shakllanishi va rivojlanishi haqida ma’lumot berish bilan birga, o‘zbek tilshunosligida funksional lingvistika bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadqiqotlar bo‘yicha yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tilgan. Jahon tilshunosligida keyingi yillarda tilni nafaqat aloqa-aralashuv vositasi sifatida o‘rganish, balki ta’sir etish vositasi sifatida ham o‘rganish ommalashdi. Endi lisoniy birliklarning nafaqat kommunikatsiya jarayonidagi ishtiroki, balki ularning ma’lum bir vazifa uchun xoslanishi – funksionallashuvi masalalarini o‘rganish kun tartibiga chiqdi. Ularning funksional imkoniyatlarini tadqiq etish har tomonlama, atroflicha va turli aspektlarda amalga oshirilmoqda.. Bunday vositalarni funksional yondashuv asosida o‘rganish nutqning shakllanish jarayonini, fikr ifodalashning tasviriy vositalarini baholash, leksik va frazeologik birliklarning vazifalarini, nutq birliklarining sintaktik-stilistik xususiyatlarini aniqlash imkoniyatini beradi. Shu ma’noda sitntaktik birliklarning ham funksional imkoniyatlarini baholash imkoniyati tug‘iladi. Bugungi kunda dunyo tilshunosligida olib borilayotgan tadqiqotlar, jumladan, funksional sintaksis doirasida amalga oshirilayotgan izlanishlar soha rivojida alohida amaliy ahamiyatga ega. Shuningdek, o‘zbek tili funksional sintaksisining umumiy masalalari yoritilgan.</em></p>
funksionalizmfunksionallikfunksional imkoniyatkommunikatsiyafunksional tilshunoslikfunksional grammatikafunksional sintaksis. sintaktik qurilmasintaktik munosabatsintaktik paradigmafunction
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.