«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 30 Issue 5 (2024)
Cu (II) IONINI SORBSION-SPEKTROFOTOMETRIK ANIQLASH
Kosimova, Xurshida, Bozorboyeva, Ozoda, Malikova, Nodiraxon, Raximov, Samariddin, Yangibayev, Azim, Turg'unboyev, Shavkatjon
Abstract
<p><em>Tabiiy tola bo‘lgan ipak fibroin sorbentga immobillangan n</em><em>itrozin sarig‘i bilan mis (II) </em><em>ioni o‘zaro kompleks hosil qilishi o‘rganildi. Ushbu ishda </em><em>mis (II)</em><em> ionini aniqlashda tanlab ta’sir etuvchan, yuqori samarali bo‘lgan analitik reagent tavsiya etilgan. Dastlab nitrozin sarig‘ini ipak fibroinga immobillash xususiyatlari, so‘ngra metall ioni bilan kompleks hosil qilishining analitik xossalari spektrofotometrik usulda o‘rganilgan. Hosil bolgan kompleks turli spektroskopik va elektrokimyoviy usullar bilan o‘rganildi. Ipak fibroin tolasiga immobillangan nitrozin sarig‘i yordamida mis (II) ionini aniqlash jarayoni o‘zining seliktivligi, quyi aniqlanish qiymatining kichikligi, natijalarning takrorlanuvchanligi, tezkorligi va regeneratsiya qulayligi bilan afzalliklarga ega. Immobillangan </em><em>nitrozin sarig‘i</em><em> bilan mis (II) ioni kompleks hosil qilishida reagent va kompleksning spektr signallari mos ravishda 480 va 540 nm hosil bo‘lgan, shuningdek ishlab chiqilgan usulda mis (II) ni quyi aniqlanish chegarasi 0,2 mkg/ml oshmagan holda </em><em>olingan natijalarda nisbiy standart chetlanish qiymati 0,033 dan kichikligi namoyon bo‘lgan. </em></p>
misnitrozin sarig‘iipak fibroinspektrofotometrKubelka-Munk funksiyasiBuger-Lambert-Ber qonunikorrelyatsiya koeffitsienticoppernitrozin yellowsilk fibroin
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.