«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 30 № 5 (2024)
TILSHUNOSLIKDA TERMINOLOGIK TIZIMNING AKSIOLOGIK JIHATLARI
Xolmurotova, Gulnora
Аннотатсия
<p>Mazkur maqola tilshunoslikda terminologik tizimning aksiologik jihatlari tadqiqiga bag‘ishlangan. Jumladan, o‘zbek va ingliz tillari interyer dizayn sohasi terminologiyasini aksiologik jihatlari ibora va idiomalar tahlili asosida o‘rganilgan. Shuningdek, unda zamonaviy terminshunoslikning antropotsentrik yo‘nalishini hisobga olgan holda, terminologiyaning semantik xususiyatlarining o‘ziga xosliklari haqida ham ma’lumotlar berilgan.</p> <p>Maqola tadqiqoti terminologiya tizimini o‘rganishni lingvistik nuqtai nazardan olib borgan: maqolaning predmeti interyer dizayn sohasiga oid terminlarning semantik va aksiologik xususiyatlaridan iborat, maqsad interyer dizayn sohasi bo‘yicha terminlarni qo‘llashning eng samarali va o‘ziga xos usullari aniqlash. Shu bilan birga, unda terminning barcha ta’riflari umumiy xususiyatlari, ya’ni maxsus, ilmiy, professional foydalanish bilan bog‘liqligi ta’kidlangan. Terminlar - bu ma’lum bir maxsus bilim yoki faoliyat sohasi nazariyasining umumiy, konkret yoki mavhum tushunchasini bildiruvchi maxsus maqsadlar uchun tilning leksik birliklari va termin ma’lum terminologik tizimga kirishi uchun <em>izchillik; maxsus ta’rifning mavjudligi; leksik birlikning ohangi </em>va<em> aniqligi; ifoda etishmasligi; stilistik noaniqlik; ob’ektivlik</em> kabi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerakligi zikr etilgan. Maqolada ilmiy tahlil qilsh uchun jahon va mahalliy tilshunoslarning ilmiy qarashlariga asoslanilgan.</p>
Kalit so‘zlar: termininterior designeraksiologiyaqadriyatidioma.Key words: terminterior designeraxiologyvalueidiom.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.