«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 30 № 4 (2024)
CHET TILLARINI O‘QITISHDA MASHQLAR TIPOLOGIYASI VA TIZIMIGA QO‘YILAYOTGAN ZAMONAVIY TALABLAR
Bazarbayeva, Azizaxon
Аннотатсия
<p><em>Ushbu maqolada chet tillarini o‘qitishda qo‘llaniladigan mashqlar tipologiyasi va tizimini o‘rganish, ularga qo‘yilayotgan zamonaviy talablarni aniqlash hamda samarali mashqlar tizimini shakllantirishning metodologik asoslarini tahlil qilish ko‘zda tutilgan. Maqolada tarixiy-qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv va kontekstual tahlil metodlaridan foydalanilgan. Turli davrlarda ishlab chiqilgan mashqlar tipologiyalari va tizimlariga oid nazariy manbalar o‘rganilgan, ularning qiyosiy tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqot natijasida mashqlarning turli tipologlari (til va nutq mashqlari, retseptiv va reproduktiv mashqlari, kompleks til mashqlari va boshqalar) aniqlangan va tahlil qilingan. Mashqlar tizimiga qo‘yiladigan asosiy talablar belgilangan: kognitiv jarayonlarni rivojlantirish, barcha til aspektlari va nutqiy faoliyat turlarini qamrab olish, qiyinchilik darajasining o‘sib borishi, o‘zaro bog‘liqlik, takroriylik va kommunikativ yo‘naltirilganlik. Shuningdek, zamonaviy til o‘qitish metodikasida mashqlarning ahamiyati va ularga qo‘yilayotgan talablar aniqlangan. Mashqlar chet tili o‘qitish jarayonining asosi hisoblanib, ularni shakllantirish va qo‘llash bir qator omillarga bog‘liq. Samarali mashqlar tizimi kognitiv, lingvistik va kommunikativ jihatlarni muvozanatli tarzda rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Zamonaviy yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan mashqlar tizimi til o‘rganuvchilarning kommunikativ kompetensiyasini samarali shakllantirish imkonini beradi. </em></p>
chet til o‘qitishmashqlar tipologiyasimashqlar tizimitil mashqlarinutq mashqlarikommunikativ kompetensiyaretseptiv mashqlarreproduktiv mashqlarkompleks til mashqlaritil o‘rgatish metodikasi
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.