«FarDU ilmiy xabarlari» Том 30 № 3 (2024)
O‘ZBEKISTONDAGI TA’LIMNI TOJIK TILIDA OLIB BORADIGAN MAKTABLARDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA DAVLAT TILINI O‘QITISH JARAYONIDA MONOLOG VA DIALOGNING O‘RNI
Maxkamov, Mahhurjon
Аннотация
<p><em>Mazkur maqolada O‘zbekistondagi tojik tilida ta'lim beruvchi maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga davlat tilini o‘qitish jarayonida monolog va dialogning o‘rni tahlil qilinadi. Dialogik va monologik nutqning nazariy asoslari, shuningdek, o‘zbek va chet el olimlarining pedagogik qarashlari bayon etiladi. Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil va ijodiy fikrlashini rivojlantirishda monologik va dialogik nutqning ahamiyati muhokama qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarda dialogik va monologik nutqni shakllantirishga xizmat qiluvchi mashqlar va ularning ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot natijalari, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki nutqni rivojlantirish uchun samarali usullar va amaliy tavsiyalarni taklif etadi. Ushbu maqola pedagoglar va ta'lim sohasi mutaxassislari uchun foydali bo‘lib, ta'lim jarayonida davlat tilini o‘qitishda monolog va dialogning muhimligini ko‘rsatadi. Tadqiqotda nazariy tahlil, solishtirma tahlil va amaliy tahlil usullari qo‘llanilgan. Nazariy tahlil orqali dialogik va monologik nutqning asoslari hamda pedagogik qarashlar o‘rganilgan. Solishtirma tahlil yordamida turli tillar va madaniy kontekstlarda monolog va dialogning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Amaliy tahlil orqali esa o‘quvchilarda dialogik va monologik nutqni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar tahlil qilingan va ularning samaradorligi baholangan. Tadqiqot natijalari dialogik va monologik nutqni rivojlantirish uchun samarali usullar va amaliy tavsiyalarni taklif etadi. Ushbu usullar o‘quvchilarning ijtimoiy va madaniy ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatildi. </em></p>
boshlang‘ich ta’limmonologdialogikkinchi tilnutqtayyorlangan va tayyorlanmagan nutqog‘zaki nutqbog‘lanishli nutqumumiy o‘rta ta’limlug‘at
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.