«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 30 Issue 3 (2024)
AKMEOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING KREATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH ZAMONAVIY PEDAGOGIKADA ZARURIYAT SIFATIDA
Yo‘ldosheva, Dilfuzaxon
Abstract
<p><em>Uzluksiz ta’lim tizimini modernizatsiyalash va mazmunan takomillashtirish orqali bo‘lajak pedagoglarning kreativ kompetentligini rivojlantirish muammosi bugungi kunda ham zamonaviy pedagogikaning asosini tashkil etmoqda. So‘nggi yillardagi zamonaviy pedagogik-psixologik tadqiqotlarda bo‘lajak pedagoglarning kreativ kompetentligini rivojlantirish muammosi keng doirada o‘rganilib, uning ilmiy-nazariy asoslari shakllantirildi. </em></p> <p><em>Bugungi kunda davlat va jamiyat bo‘lajak pedagoglar oldiga uzluksiz kasbiy rivojlanish vazifasini qo‘ymoqda. Bunday rivojlanish jarayoni birinchi navbatda </em><em>akmeologik yondashuv</em><em> talablari asosida tashkil etiladi. Bu o‘z navbatida ijodkor, mustaqil fikrlovchi, hayotiy vaziyatlarni qat’iy yondashuv asosida hal eta oladigan, kasbiy kompetensiyalarni chuqur egallagan mutaxassislarni taqozo qilmoqda. Bunday pedagogik jarayonni tashkil qilishga asos bo‘ladigan o‘quv dasturlari akmeologik yondashuv prinsipi asosida yaratilishi lozim.</em></p> <p><em>Bo‘lajak pedagoglar kreativ kompetentligining yetarli emasligi muammosini hal qilish uchun fanlarni o‘qitishda faol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, noan’anaviy shakllar, usullar va vositalardan foydalangan holda mashg‘ulotlarni qiziqarli va mazmunli tashkil etish kerak. Shundagina talabalarda yuqori kreativ faollikka erishish va ijodkorlik sohasida muvaffaqiyatli o‘qishni ta’minlash mumkin.</em><em> Ushbu maqolada akmeologik yondashuv asosida o‘qitishning turli jihatlari va ularning malakasini oshirishni hisobga olgan holda mutaxassislarning kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish masalalari yoritib berilgan.</em></p>
akmeologiyaakmeologik yondashuvkompetentlikkreativlikkreativ kompetentlikkasbiy kompetensiyapedagog kreativligi.acmeologyacmeological approachcompetence
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.