«FarDU ilmiy xabarlari» Том 30 № 3 (2024)
BO‘LАJАK TАRBIYАCHILАRNI KАSBIY FАOLIYАTGА TАYYORLАSHDА O ‘YIN TEXNOLOGIYАSINING FАOLLАSHTIRUVCHI OMILLАRI
Xallokova, Maksudaxon
Аннотация
<p><em>Maqolada oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda o ‘yin texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari va ustuvor jihatlari ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganilgan. Mavzuni tanlashdan maqsad maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarini kasbiy faoliyatga samarali tayyorlash orqali ularni kelajakda bolalarga sifatli ta’limni tashkil eta olish qobilyatlarini rivojlantirishdir. Maktabgacha yoshdagi bolaning yetakchi faoliyati o ‘yin sifatida qaralib, bo‘lajak tarbiyachilarda mazkur kompetensiyani rivojlantirish orqali kelgusida bolalar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha samarali yondashuvlarni qo‘llay olish ko‘nikmasini shakllantirishga e’tibor qaratiladi. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda o‘yin texnologiyalaridan foydalanish samarali natija ko‘rsatadi. O‘yinli ta’lim qiziqarli va aqliy zo‘riqishsiz faoliyat sanaladi. Oliy ta’lim muassasalarida ta’limning ushbu yondashuviga kam e’tibor berilishini nazarda tutgan holda maktabgacha ta’lim yo‘nalishlari talabalari o‘quv tizimida bu yo‘nalishdan foydalanish mutaxassislik mazmunini tushunishda eng maqbul yo‘l sanaladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, dars (ma’ruza, amaliy, seminar) mashg‘ulotlarida o‘yinli texnologiyalardan foydalanish bo‘lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachisini kasbiy faoliyatga to‘laqonli tayyorlash imkonini bera oladi. Shuning uchun maqolada xulosa o‘rnida oliy ta’limda mashg‘ulotlarni o‘yinli texnologiyalari asosida tashkil qilish zaruriyati ustuvor vazifa sifatida beriladi.</em></p>
O‘yinli faoliyatlartexnologiyatadbirkorlik o‘yinlariimitatsionoperatsionsotsiodramma va didaktik o‘yinlarevristik yondashuvPlayful activitiestechnologyentrepreneurial games
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.