«FarDU ilmiy xabarlari» 30-jild 3-son (2024)
CATOCALA ELOCATA (ESPER, 1788) KAPALAGINING (LEPIDOPTERA: ERIBIDAE) MORFOLOGIYASI VA BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Botirov, Elyor
Annotatsiya
<p><em>Erebinae kenja oilasi dunyo bo‘ylab 10000 ga yaqin turlarni birlashtiradi. Ushbu kenja oilaga mansub Catocala elocata kapalagini o‘rganish ishlari 2022-2024 yillar davomida Markaziy Farg‘onaning Yozyovon hududida joylashgan “Tabiat yodgorligi” va Janubiy Farg‘onaning Farg‘ona tumani Vodil hududida olib borildi. Catocala elocata </em><em>kapalagi Markaziy va janubiy Farg‘ona hududidan ilk bor qayd etildi. </em><em>Catocala elocata</em><em> monovoltin tur bo‘lib, kapalaklarining uchish vaqti iyun-oktyabr oylariga to‘g‘ri keladi. Qurtlarining faol davri may-iyun. Qurtlari Populus, Salixlar kabi o‘simliklarning barglari bilan oziqlanib, zarar keltiradi. Ozuqa ixtisosligiga ko‘ra keng oligofag, mezofil ekologik guruhga mansub, yozgi-kuzgi tur. Kuz mavsumining ikkinchi yarmidan boshlab tuxumlik bosqichida qishlab qoladi. </em></p>
ErebinaeCatocala elocatamonovoltinozuqa ixtisosligioligofagmezofilyozgi tur.ErebinaeCatocala elocatamonovoltine
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.