«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 30 Issue 3 (2024)
HYLES EUPHORBIAE (LINNAEUS, 1758) NING (LEPIDOPTERA, SPHINGIDAE) MORFOLOGIK TAVSIFI
Qayumova, Oygul
Abstract
<p><em>Maqolada </em><em>Hyles euphorbiae kapalagi, qurti hamda g‘umbagining </em><em>morfologik tavsifi keltirilgan. </em><em>Hyles euphorbiae</em><em> Sphingidae oilasining Macroglossinae kenja oilasiga mansub bo‘lib, tabiiy hamda antropogen landshaftlarda tarqalgan. </em><em>Hyles euphorbiae qurtining tanasi qoramtir, bosh kapsulasi, ko‘krak va qorinoyoqlari qizg‘ish rangda. Oziqlanish davomida tana rangi o‘zgarib boradi. G‘umbagining uzunligi 38-39 mm, rangi qizg‘ish-jigarrang, uchki qismida bir juft tikansimon o‘simtasi joylashgan. Hyles euphorbiae kapalagining tanasini uzunligi 46,25 mm, oldingi qanotini uzunligi 39,54 mm, keying qanotini uzunligi 25,22 mm. Qanotlarini yozganda kengligi 84,5 mm ni tashkil etdi.</em><em> Old qanotlarning ostki cheti, asos qismida hamda markazida to‘q jigarrang xoshiyasi bor. Shuningdek, asos qismida qora dog‘ ko‘zga tashlanib turadi. Qanotning asosiy foni sarg‘ish rangda. Orqa qanotning asos qismi qora rangda, ostki qismidan ko‘ndalang qoramtir xoshiya o‘tgan. Orqa qanotning asosiy foni qizg‘ish rangda.</em></p>
SphingidaeMacroglossinaeHyles euphorbiaekapalakqurtg‘umbakmorfologik tavsif.SphingidaeMacroglossinaeHyles euphorbiae
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.