«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 30 Issue 3 (2024)
FARG‘ONA VODIYSI BO‘Z VA CHO‘L MINTAQASI TUPROQLARINING UNUMDORLIGI
Mirzayev, Ulug‘bek, Abduxakimova, Xusnidaxon
Abstract

Tadqiqot maqsadi Farg‘ona vodiysi bo‘z va cho‘l mintaqasi tuproqlarining unumdorlik holatini aniqlash, tahlil etish hamda uni oshirishga qaratilgan ilmiy yechimlarni ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.

Tadqiqot metodlari. Dala tadqiqotlarini bajarishda tuproq kesmalarini geokimyoviy-geografik kesim bo‘ylab joylashtirish usuli qo‘llanildi. Dala, laboratoriya va kameral ishlari umumqabul qilingan standart uslublar - morfologik, tarixiy-taqqoslash, kimyoviy-analitik hamda profil usullaridan foydalanildi. Kimyoviy tahlillar YE.V.Arinushkinaning «Rukovodstvo po ximicheskomu analizu pochv nomli qo‘llanmasi asosida bajarildi. Shuningdek, V.V.Dokuchayev nomli tuproqshunoslik institutining “Metodik tavsiyalar”idan foydalanildi.

Tadqiqot natijalari. Tuproqlar oziqa modalar miqdori tahlili natijalari asosida bo‘z va cho‘l mintaqa tuproqlari unumdorlik ko‘rsatkichlari gumus, azot, fosfor va kaliy miqdorlarining yalpi va harakatchan miqdorlariga ko‘ra o‘rta va o‘rtachadan past darajada ekanligi aniqlandi. Nisbatan yuqori unumdorlik bo‘z mintaqasi tuproqlarida saqlangan.

Xulosalar. Tuproqlar unumdorlik darajasi bo‘z va cho‘l mintaqa tuproqlarida stabil darajaga kelgan. Tuproqlar unumdorligi bo‘z tuproqlar mintaqasida asosan, unumdorlikni oshirish va tuproqning fizik xossa ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan agrotadbirlarni takomilashtirish bilan bog‘liq. Cho‘l mintaqasida esa ushbu tadbirlar bilan birgalikda tuproqlarning sho‘rlanish darajalarini kamaytirish, minerallashgan sizot suvlari sathini pasaytirish kabi tadbirlar qo‘llanilishi taqozo etiladi.

unumdorlikoziqa moddalarsho‘rlanisheroziyadegumifikatsiyamorfologiyagumusazotfosforkaliy.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.