«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 30 Issue 3 (2024)
HASTALANGAN RUHIYAT TASVIRI
Qayumov, Abduvahob
Abstract
<p><em>Mazkur maqolada jahon adabiyotshunosligida qoʼllanilib kelayotgan “yoʼqotilgan avlod” atamasining mazmun mohiyati hamda oʼzbek adabiyotida mazkur atama talablariga mos keladigan qahramonlar galareyasini oʼrganish maqsad qilingan. Muammoning nazariy asoslari oʼrganilgan hamda tadqiqotlarda masalaga oid olib borilgan izlanishlar keng oʼrganilgan. Oʼrganish maqsad qilingan hikoyalar tarixiy-madaniy va biografik tahlil metodlaridan foydalanilgan. Yoʼqotilgan avlod tushunchasi aynan urushlar bilan bogʼliqligi tarixiy tahlil metodini talab qilsa, yozuvchilarning urushlarda ishtirok etganligi asarga biograik nuqtai nazardan ham yondashishni talab qiladi. Hikoyalar tahlili natijasida asarlar qahramonlarining psixologik muammolari, urush taʼsirida paydo boʼlgan ruhiy zoʼriqishlar, yozuvchining qahramon yaratish mahorati kabi masalalar boʼyicha xulosalar olindi. Yozuvchi va shoir Nabi Jaloliddin yaratgan qahramonlar hayotiy va psixologik murakkabligi bilan ajralib turadi. Аsarda qoʼllangan har bir epizod, har bir detal qahramon ruhiy holatini ochib berish uchun xizmat qilgan. Urush tufayli sodir boʼlgan yosh yigitlardagi – badiiy qahramonlar ruhiyatidagi evrilishlar yordamida urushning fojiali tomonlari ochib berilgan. Zamon, makon va ruhiyat mutanosibligida yaratilgan bu hikoyalar kitobxonlar va adabiyotshunoslar uchun tarbiya, sanʼat asari materiali boʼlib xizmat qiladi.</em></p>
yo‘qotilgan avlodzamonmakonruhiyathikoyabadiiy g‘oyamavzusujetmilliylikinsoniylik
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.