«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 30 Issue 3 (2024)
ULUG‘BEK HAMDAMNING “MUVOZANAT” VA GEORGIY PRYAXINNING “SAROB” ROMANLARIDA IRONIYANING O‘RNI
Yo'lchiyev, Qahhor, Abdullayeva, Charos
Abstract
<p><em>Maqolada zamonaviy o‘zbek va rus romanlari nutqida yozuvchilarning borliqni ironik anglashi, ifodalashi masalasi haqida fikr yuritiladi. Keltirilgan ilmiy-nazariy qarashlarni isbotlash maqsadida o‘zbek yozuvchisi Ulug‘bek Hamdamning “Muvozanat” va rus yozuvchisi Georgiy Pryaxinning “Sarob” (“Miraj”) romanlaridan olingan misollar qiyosiy asosda tahlilga tortilgan. Maqolaning kirish qismida qo‘yilgan muammoning dolzarbligi va zarurati asoslangan. Adabiyotlar tahlili va metodologiyada bo‘limida esa muammo bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan olimlar Gegel, G.N.Pospelov, E.V.Xalizev kabi olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari tadqiqotning aniq uslubiy ta’minotini belgilab berdi. Natija va tahlillar qismida esa ironiya haqidagi nazariy qarashlarning tadqiqot ob’ekti bilan aloqasi haqida ilmiy natijalar, ilgari surilgan ilmiy-nazariy g‘oyalarni isbotlash uchun esa yozuvchilar romanidan olingan parchalar tahlilga tortilgan. Maqola oxirida izlanish natijasi sifatida keltirilgan xulosalarn sanab ko‘rsatilgan, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati berilgan. </em></p>
romanironiyaobrazpichingkesatiqbadiiy nutqmuallif nutqidialogik nutqbadiiy tasviriy vosita va ifodalarbadiiy-estetik funksiya.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.