«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 30 Issue 3 (2024)
TILSHUNOSLIKDA MAYDON TUSHUNCHASIGA NAZARIY YONDASHUVLAR
Naimjonova, Iroda, Ganiyeva, Shodiya
Abstract
<p><em>Tilshunoslikda maydon tushunchasi bir necha yillardan buyon olimlar tomonidan qiziqishlarga sabab bo‘lmoqda hamda o‘rganilmoqda. Aslida fizika fanida paydo bo‘lgan bu termin, tilshunoslikka ham kirib keldi. Umumiy leksik ma’noli so‘zlarning bir guruh tarkibiga kirishi maydon hisoblaniladi. Biroq maydon nazariyasiga turli olimlar turlicha yondashganlar. Ushbu maqolada aynan tilshunoslikdagi maydon hamda semantik maydonning ahamiyati, olimlar tomonidan ushbu tushunchaga berilgan nazariy fikrlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot beriladi. Tilshunoslikda semantik maydon tushunchasi katta ahamiyatga egadir. Nemis olimi J.Trir tomonidan ilk marotaba o‘z maqolalari hamda asarlarida semantik maydon tushunchasi qo‘llanilgan hamda olim har bir so‘zning ma’lum maydonga tegishli bo‘lishini ta’kidlaydi. Bunga qo‘shimcha qilib shuni aytish mumkinki, olim semantik maydon terminini asarlarida “tushuncha maydoni” deya aytib o‘tgan. Uning fikricha, borliqdagi barcha so‘zlar ma’lum semantik maydonga mansub. Jahon tilshunosligida, ayniqsa, nemis tilshunosligida paydo bo‘lgan maydon nazariyasi keyinchalik o‘zbek tilshunosligiga ham kirib keldi. O‘tgan asrning 90-yillarida semantik maydon nazariyasini o‘rganish o‘zbek tilshunosligiga ham keng ko‘lamda kirib keldi. Shundan</em> <em>so</em><em>‘</em><em>ng</em><em>, </em><em>so</em><em>‘</em><em>zlarni</em> <em>ma</em><em>’</em><em>lum</em> <em>maydonga</em> <em>biriktira</em> <em>boshlandi</em><em>. </em></p>
tilshunoslikmaydonsemantik maydonlingvistik birlikparadigmfonemamorfemaleksema.linguisticsfield
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.