«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 30 Issue 3 (2024)
OGʼZАKI NUTQNING OʼZIGА HOS XUSUSIYATLАRI
Merganova, Nigora, Orifjonova, Nilufar
Abstract
<p><em>Mazkur maqolada ogʼzaki nutqning oʼziga hos xususiyatlari,</em> <em>ogʼzaki nutqda soʼzlovchining faol nutqiy harakati toʼxtam (pauza), ohang, urgʼu, turli imo-ishoralar fikrning tinglovchiga yetib borishida katta ahamiyat kasb etishi to‘g‘risida so‘z boradi. Maqolada ogʼzaki nutqning xususiyatlari yozma nutq bilan qiyoslangan holda keng yoritib berilgan. Ogʼzaki nutqni roʼyobga chiqishida tildan tashqari boʼlgan bir qancha (ekstralingvistik) omillar ham oʼz taʼsirini koʼrsatadi. Ushbu omillar taʼsirida soʼzlovchi muloqot jarayonida til vositalarini tanlaydi. Nemis olimi Xaynts Rupp 1964 yil ogʼzaki nutqning yozma nutqdan farqi va darslarda ogʼzaki nutqqa alohida eʼtibor qaratilishi zarurligini taʼkidlangan va olib borgan tadqiqot natijalari jadvalda berilgan. Shuningdek, maqolada yozma va og‘zaki nutqning amalga oshishi misollar yordamida berilgan bo‘lib, yozma nutqda insonning ruhiy kechinmasi, holati tinish belgilari undov, soʼroq kabilar yordamida aks ettirilsa, ogʼzaki nutqda temp, ohang, toʼxtalish, taʼkidlash orqali ifodalanishi batafsil yoritiladi. Ogʼzaki nutqni oʼrgatishda yuqorida sanab oʼtilgan fonetik hodisalar muhim oʼrin tutishi, agar kommunikant fonetik qoidalarga rioya etmasa kognizant uni notoʼgʼri tushunishi yoki umuman tushunmasligi mumkinligi bayon etiladi. </em></p>
toʼxtam (pauza)ohangurgʼuturli imo-ishoralarekstralingvistik omillarinsonning ruhiy kechinmasiruhiy holatilingvistik vositalar.stop (pause)tone
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.