«FarDU ilmiy xabarlari» 30-том 3-сан (2024)
CHET TILDA OG‘ZAKI NUTQNI RIVOJLANTIRISHNING YO‘LLARI
Merganova, Nigora
Аннотация
<p><em>Mazkur maqolada chet tili darslarida ogʼzaki nutq kompetentsiyasini rivojlantirishning yo‘llari, chet tilda ogʼzaki axborot berish, suhbatlasha olish va oʼrganilgan mavzuga bogʼliq chet tildagi nutqni tinglab tushunish malakalarini egallash toʼgʼrisida soʼz boradi. Maqolada chet tilda ogʼzaki nutqqa taʼsir etuvchi omillar, hususan motivatsiya, tilga boʼlgan qiziqish, taʼlim strategiyalari, til qobiliyati, ziyolilik kabilar bir-biri bilan bevosita bogʼliqligi misollar yordamida asoslangan. Аmerikalik olim Robert Gardner chet tilda ogʼzaki nutqqa oʼrgatishda unga taʼsir etuvchi omillardan biri bu motivatsiya ekanligini, motivatsiya bevosita til oʼrganuvchining ongiga kuchli taʼsirga egaligini ta’kidlaydi. Shuningdek, maqolada nemis tilini mutaxassislik sifatida oʼrganuvchi talabalarga darsdan tashqari holatlarda ham gapirishni mashq qilish, kurslarga qatnashish, ijtimoiy tarmoq imkoniyatlaridan foydalanish kabilar ham alohida ahamiyatga ega ekanligi qayd etilgan. Talabalar tilni ongli ravishda oʼrganishlari, qanday usul ularga mos kelishi va ularning ogʼzaki nutqini rivojlanishiga olib keluvchi yoki toʼsiq boʼluvchi omillarni bilishlari zarurligi ta’kidlangan. Maqolada nemis olimi B.Taubenbokning darslarda ogʼzaki nutqni rivojlantirish uchun ishlab chiqqan usul va texnologiyalariga ham aloxida urg‘u berilgan. </em></p>
оgʼzaki nutqqa taʼsir etuvchi omillarmotivatsiyatilga boʼlgan qiziqishtaʼlim strategiyalaritil qobiliyatiziyolilikchet tilda ogʼzaki axborot berishsuhbatlasha olish va oʼrganilgan mavzuga bogʼliq chet tildagi nutqni tinglab tushunish malakalari.factors affecting oral speechmotivation
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.