«FarDU ilmiy xabarlari» 30-tom 3-san (2024)
BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA LUGʻAT USTIDA ISHLASH METODIKASI
Buvajonova, Mohiraxon
Annotaciya
<p><em>Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida lugʻat ustida ishlash oʻquvchilar nutqini oʻstirishga, savodxonligini shakllantirishga, soʻz boyligini boyitishga, nutq madaniyatini yuksaltirishga qaratilganligi hamda bexato yozish ko‘nikmasiga ega bo‘lishida lug‘atlardan foydalanishning ahamiyati haqida bayon etilgan. O‘quvchilar nutqini o‘stirish, avvalo, ularning lug‘atini boyitish bilan bog‘liqdir. So‘z boyligini oshirishda lug‘at ustida ishlash katta amaliy ahamiyatga ega. O‘rganilayotgan matn yuzasidan lug‘at ishi o‘tkazish jarayonida o‘quvchilar tilning lug‘at tarkibiga xos bo‘lgan eskirgan so‘zlar, yangi paydo bo‘lgan so‘zlar, kasb-hunarga oid so‘zlar, shevaga xos so‘zlar, badiiy uslubga xos so‘zlar bilan amaliy jihatdan tanishib boradilar. Lug‘at ustida ishlash onat tili darslarida ham, o‘qish darslarida ham reja asosida izchil olib borilishi lozim. Umuman olganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tilning lug‘at tarkibini o‘rgatib borish ularning so‘z boyligini oshiradi, nutq madaniyatini yuksaltiradi, milliy tilimizning buyuk qudratini, sehri va jozibasini to‘la his etgan insonlar bo‘lib yetishishini ta’minlaydi.</em></p>
ona tili va o‘qish savodxonligiog‘zaki nutqyozma nutqlug‘atshunosliklug‘atimlo lug‘atizohli lug‘atso‘z boyliknutq o‘stirishbog‘lanishli nutq
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.