«FarDU ilmiy xabarlari» 30-tom 3-san (2024)
BOSHLANG‘ICH SINFDA O‘QUVCHILARNING MATEMATIKAGA OID MANTIQIY MUSHOHADA YURITISH FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH
Gafurova, Mahfuza
Annotaciya
<p><em>Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda matematika fanini o‘qitishning ayrim metodlari va ularni qo‘llash usullari keltirilgan. Masala va topshiriqlar yechish jarayonida kerakli usul va metodlardan foydalanishning ahamiyati ochib berilgan.Hozirgi kunda matematika fanini o‘qitishdagi bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar va ularni hal etish yo‘llari bayon etilgan. </em></p> <p><em>Ma’lumki, boshlang‘ich sinf matematika darslarida o‘quv-bilish faoliyatini tashkil qilish metodlari bu - o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyat usullari bo‘lib, bu faoliyat orqali yangi bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarga erishiladi, kelgusida matematika faninig yuqori bosqichlari uchun kerakli bilim zahirasini to‘plash imkonini beradi. Beriladigan savollar o‘quvchilarning fikrlashini faollashtirish uchun ularni voqea-hodisalar va faktlarni taqqoslashga, solishtirishga, ularni ajratish yoki guruhlashga, ular orasidagi bog‘lanishlarni izlashga undaydi. Buning uchun, masalaga muammo sifatida yondashish, muammoni qo‘yish, yetishmaydigan ma’lumotlarni izlash va ilmiy gipotezalarni shakllantirish, gipotezalarni tekshirish va muammoli vaziyatga oid yangi bilimlarga ega bo‘lish kabi bosqichlarni amalga oshirish kerak. O‘quv-bilish faoliyatini tashkil qilish metodlarining bir necha turlari mavjud. O‘quvchilar bilim oladigan manbalar bo‘yicha: og‘zaki, ko‘rsatmali, amaliy metodlar bo‘lib, ularni dars jarayonida qo‘llashning qulay usullari tavsiya etilgan.</em></p>
metodlaranalizsinteztaqqoslashkuzatishtajribaamaliy kompetensiyalarilmiy izlanish metodlarictandart talablarimasala
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.