«FarDU ilmiy xabarlari» 30-jild 3-son (2024)
FRANSUZ TILI DARSLARIDA MAQOL VA MATALLAR BILAN ISHLASH USULLARI.
Dehqonov, Islom, Moʻminova, Tabassum
Annotatsiya
<p><em>Ushbu maqola oʻquv jarayonida maqol va matallardan foydalangan holda fransuz tilini oʻrgatish muammosiga bagʻishlangan. </em><em>O‘rta maktabda chet tilini o‘rgatish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Muallif chet tili darsida maqol va matallar bilan ishlash texnikasini va ularni fransuz tilini o‘rgatishdagi muhim ahamiyati haqida ma’lumot beradi. Maqol va matallar o‘quvchilarning eshitish-talaffuz va ritmik-intonatsion malakalarini oshirishga, so‘z boyligini boyitishga, nutqiy qobiliyat va ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qilishi ochi beriladi.Maqol va matallardan foydalanish orqali o‘quvchlar tili o‘rganilayotgan mamlakat odatlari, ana’nalari va hayot tarzi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan bir qatorda lug‘t boyliklari va fanga bo‘lgan qiziqishlari ortib boradi. Maqol va matallarni o‘quvchilarga o‘rgatish jarayonida, chet tilida berilgan maqol yoki matalni ona tilidagi muqobilini topish katta ahamiyatga ega, ona tilida muqobil variantini topish orqali o‘quvchilar qiyoslashni o‘rganadilar. Maqol va matallarni qo‘llash jarayonida o‘qituvchi sinfda ijobiy muhitni yaratish kerak, shunda o‘quvchilar maqol va matallarni o‘rganishda hech qanday to‘siqqa uchramasdan erkin muloqotga kirishish orqali leksik ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.</em></p>
maqollarmatallartexnikafransuz tili darsichet tilini oʻrgatishchet tili oʻqitishning oʻrta bosqichi.proverbssayingsmethodologyFrench language lesson
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.