«FarDU ilmiy xabarlari» Том 30 № 3 (2024)
ABDULLA SHE’R IJODIDA G‘OYAVIY AN’ANA
Xaqnazarova, Sayyora
Аннотация
<p><em>Ushbu maqolada shoir va tarjimon Abdulla Sher ijodi haqida so‘</em><em>z yuritilib</em><em> uning ijodida an</em><em>’ana va uning turlari misollar orqali tahlil qilingan.</em><em> Ijodkorlar adabiyotimizdagi janrlar an’anasini, hamda o‘sha asarlardagi ilgari surilgan g‘oyalarni uzviy davom ettirdilar. Yozuvchi hayotdagi voqea va hodisalarga qanday munosabatda bo‘lsa, ularni shu xilda tasvirlab, kitobxonlarda ham shu hodisalarga nisbatan ana shunday munosabat tug‘diradi. Asar badiiy-hissiy mazmunini asarning badiiy g‘oyasi ochib beradi. Shuning uchun asosiy g‘oya ham, asosiy tema kabi asardagi obrazlarda, ularning xatti-harakatida mujassamlashgan va voqea-hodisalarda ifodalangan g‘oyalardan tashkil topadi, hamda yozuvchining shu obraz va hodisalarga, ya’ni hayotga bo‘lgan munosabatini anglatadi. G‘oya ijodiy jarayonda yuzaga keladi va asarning konkret materialida ifodalanadi. Shunga ko‘ra, asarning g‘oyaviy-tematik mohiyati obrazlarni va hodisalarni analiz qilish orqali aniqlanadi.Shoir she’rlarida umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi va hayot haqiqatini aks ettirish ehtiyoji yuqori o‘rinda turadi. Ijodkor o‘z g‘oyalari va intilishlaridan kelib chiqib, xilma-xil jarayonlar, insonlar faoliyati, narsa-hodisalarni yaxshi-yomon, foydali-zararli, savob-gunoh kabilarga ajratadi, ularni baholaydi. Bu esa shoir falsafasi va uning ijtimoiy hayotga bo‘lgan munosabati asosidagi badiiy dunyoqarashining baholash funksiyasini anglatadi.</em></p>
traditionlove for the Motherlandhumanismrespect for ancestorsloveartistic expressionphilosophical viewspoetic skillartistic image.традиция
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.