«FarDU ilmiy xabarlari» 30-том 3-нөмір (2024)
PERSUAZIVLIK ATAMASIGA OID
Yigitaliyeva, Zilola
Аңдатпа
<p><em>Mazkur maqolada psixologiya fanidan tilshunoslikka o‘zlashgan persuazivlik atamasining mazmun-mohiyati yoritiladi. Dastlab psixologiyaga oid adabiyotlarda persuaziya atamasi bilan belgilanib kelingan “ishontirish”, “qayta ishontirish” tushunchasi, o‘z mohiyatini saqlab qolgan holda, tilshunoslikka persuazivlik nomi bilan olib kirildi. Tilshunoslikda nutq orqali ta’sir ko‘rsatish usuli sifatida baholanayotgan mazkur tushuncha rus tilshunosligida персуазивность, </em><em>ingliz, nemis tilshunosliklarida </em><em>persuasion </em><em>nomlari bilan yuritilib kelinmoqda. O‘zbek tilshunosligida nutq ta’siri mavsusiga taalluqli bir qator ilmiy qarashlar mavjud bo‘lishiga qaramasdan, nutq yordamida adresatda ishonch uyg‘otish va bu orqali uning fikr va qarashlarini o‘zgartirish mazmunini ifodalovchi atama ko‘zga tashlanmaydi. </em><em>Tilshunoslikda persuazivlik so‘zi - lotin tilidan persuasio — ko‘ndirish, ishontirish degan ma’nolarni anglatadi - “ishonchli” yoki “ishonchsiz” mezonlari asosida axborotni ishonchlilik darajasini belgilash uchun qo‘llaniladi. </em><em>Mazkur atama tilshunoslikda ilk bor stilistika sohasida ilmiy muomalaga olib kirilgan. Keyinchalik persuazivlik tilshunoslikning matn tilshunosligi, psixolingvistika, kognitiv lingvistika, nutq ta’siriga oid </em><em>masalar bilan uyg‘unlikda o‘rganila boshlandi. </em><em>Maqolada rus tilshunosligi vakillari bilan bir qatorda jahon tilshunosligiga ham murojaat qilingan.</em> <em>Mavzuni yoritishda </em><em>kuzatuv, qiyosiy tahlil, tasniflash, umumlashtirish</em><em> metodlaridan faol foydalanilgan. Tadqiqot natijasi sifatida persuazivlik atamasiga doir nazariyalar tahlil qilinadi hamda diskursga persuaziv ma’no beruvchi vositalar aniqlanadi. </em></p>
persuaziyapersuazivlikpersuaziv diskurspersuaziv vositalarblendingnutqiy ta’sirintensiyamodus.persuasionpersuasiv
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.