«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 30 № 3 (2024)
JADID ADABIYOTIDA OILA VA JAMIYAT TAQDIRI MASALASI
Jurayev, Islom
Аннотатсия
<p><em>Insoniyat tarixida shunday daho san’atkorlar bo‘lganki, ular o‘z hayotini, ijodini, fikru zakovatini xalqning bugungi turmushini yaxshilashga, ertangi kunini charog‘on qilishga bag‘ishlaganlar. Darhaqiqat, bir qancha millatparvar adiblar qatag‘on tufayli ma’naviyatimiz tarixidan yulib olinganiga qaramay, ular merosini o‘rganish, asarlarida ko‘tarilgan ma’naviy-axloqiy muammolarni tadqiq etish bugungi istiqlol sharoitida ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmay kelmoqda. Zero ular ijodining mohiyati jamiyat va millat niyatlarini ifodalagan bo‘lib, xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat qilgan. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat kabi fidoyi zotlar nafaqat badiiy ijodlari, balki amaliy faoliyatlari bilan ham fidoyilik ko‘rsatganlar.</em></p> <p><em>Har bir millat uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida shakllanadi. Elning el bo‘</em><em>lishi</em> <em>o‘ziga xos tabiiy ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarda kechadi. Jamiyat bo‘</em><em>lagi</em><em> bo‘lgan shaxsning shakllanishiga esa u mansub bo‘lgan millatning ozodligi, farovon maishiy turmushigina emas, balki, butun ijtimoiy munosabatlar majmuasi ta’sir ko‘rsatadi. Inson ma’naviy qiyofasini esa ana shu ijtimoiy munosabatlar belgilaydi. Badiiy asarda muayyan xalq ruhini, xohish-istagi, milliy mentalitetini haqqoniy ifodalay olish darajasi esa so‘z san’atkorining ko‘p jihatdan ana shu xalq bilan qay darajada ruhan yaqinligi bilan belgilanadi. Maqolada Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi asosida oilaviy muhit, shaxs tanazzuli va ijtimoiy-ma’naviy hayotdagi inqirozlarning o‘zaro bog‘liq va uyg‘un jihatlari tahlilga tortilgan.</em></p>
Tarixiy voqelikshaxs tarbiyasimaishiy turmushoilaviy muhitijtimoiy hayotma’naviy-axloqiy tubanlikijtimoiy inqiroz.Historyindividual educationhousehold life
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.