«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 30 № 3 (2024)
BADIIY VA TURISTIK-REKLAMA DISKURSIDA KONTAMINATSIYA IMKONIYATLARI
Madazizova, Dilafruz
Аннотатсия
<p><em>Ushbu maqolada badiiy va turistik-reklama diskurslarida ifoda va expressivlik darajasini oshirishda kontaminatsiya imkoniyatlari haqida so‘z yuritilgan. Bu masala, bugungi kunning dolzarb mavzulariga aylanib, tadqiqotlar diqqat markazidan o‘rin olmoqda, chunki har qanday tilning zamonaviy rivojlanish davri tilning maxsus birliklari sifatida yangi diskurslarning paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Shu bois, diskurs va unda vujudga keladigan maxsus til birliklarini bir biridan ajratib bo‘lmaydi, ular ma’lum darajada bir-biri bilan kesishish va bir-birini boyitish bilan xarakterlanadi.[8] Diskurs-tilshunoslikda nisbatan yangi soha bo‘lishiga qaramasdan, xorij tilshunos-olimlari tomonidan, allaqachon o‘rganila boshlangan. Tadqiqotlar ko‘lamini kengayishi uning chuqurroq zabt etishga yetaklamoqda. Diskurs va uning turlari, jumladan, media diskurs, siyosiy diskurs, glutonik diskurs, badiiy diskurs, turistik diskurs kabi yo‘nalishlarda erishilgan yutuqlar ana shu izlanishlar mahsulidir. Bu mavzu doirasida xorij tilshunos-olimlari, jumladan, M. Foucault, Z. Harris, E. Benvinist, U. Cheys, V. Deysler, J. Grayms, Teun Van Deyk, A. E. Kibrik, V. Karasik, V. Demyankov, N. D. Arutyunova, V. I. Karasik, V. E. Chernyavskaya kabi tilshunoslar mehnatlari beqiyos. Masalan, diskursning lingvo-pragmatik muammolari ustida tilshunoslar V. V. Zirka, T. V. Matveyevaning tadqiqotlari; badiiy diskurs muammolari bo‘yicha N. V. Kulibina, T. B. Samarskaya, E. Martirosyan izlanishlari, shuningdek, turistik diskurs yo‘nalishida esa L. P. Tarnayeva, V. V. Datsyuk, N.V. Filatovaning tadqiqotlari diqqatga sazovor. Biroq, badiiy va turistik diskursning reklama janridagi o‘zaro ta’sir muammosi hali ham maxsus tadqiqot obyektiga aylanganicha yo‘q. Ana shu nuqtai nazardan, ushbu maqolaning maqsadi turistik reklama diskursida o‘rnatilgan badiiy diskursning kontaminatsiya imkoniyatlari tahlil qilinadi. </em></p>
diskurscontaminatsiyaturistik diskursreklama diskursibadiiy diskurslingvistikaextralingvistikaekspressivliktil birliklari.discourse
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.