«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 30 № 3 (2024)
NEMIS TILIDA FRAZEMALARNING TURLI MA’NODA QO‘LLANILISHI
Mamatova, Anora
Аннотатсия
<p><em>Maqolada nemis tilida frazemalarning milliy-madaniy xususiyatlarining nutqiy ifodalanishi va lug‘atlardagi tasnifi qisqacha tadqiq qilingan hamda misollar yordamida yoritilgan.</em><em> Frazeologik muqobillikni o‘rnatishda ibora tarkibidagi asosiy ma’noni ifodalovchi komponentning turli frazemalar tarkibida turlicha ma’no kashf etishiga alohida e’tibor qaratish lozim. Ma’lumki, bir qator somatik so‘zlar turli tillarda ham o‘xshash, ham noo‘xshash bo‘lgan frazemalarning shakllanishida bir xil ma’noda qo‘llanmaydi, balki turli ma’no nozikliklari asosida ishtirok etadi. Ayniqsa, mavhum ma’no ifodalovchi birliklar ma’no va mazmunida bunday ma’no ko‘chishlari ko‘p kuzatiladi. His-tuyg‘u, turli emotsional holatlar ifodasi bilan bog‘liq shakllarda ham ular tarkibidagi mazmun juda nozik qirralari bilan o‘zaro farqlanishini kuzatamiz. Bu ham tilning o‘ta murakkab aloqa vositasi ekanligi, uning idroki ong qadar qadimiy va ong qadar tezkor ekanligi bilan izohlanishi ochib berilgan.</em></p>
frazeologiyacomponentma’nomuqobillikfrazematilshunoslikleksikaifodalanishitarkib.phraseology
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.