«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 30 № 3 (2024)
KICHIK YOSHLI O‘QUVCHILARNI SAVODGA O‘RGATISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING SAMARASI
Xoldarova, Iroda, Akbarova, Maftunaxon
Аннотатсия
<p><em>Maqola kichik yoshli o‘quvchilarni savodga tayyorlash davrida axborot texnologiyalari va multimediya vositalaridan foydalanib, o‘qitishning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish haqida. Jahonda ta’lim jarayoniga kompetentsiyaviy yondashuv asosida o‘quvchilarning savodxonligini zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan foydalanib, ta’lim sifat va samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘qitishda kompyuterning pedagogik dasturiy vositalari, axborot ta’lim muhitlaridan samarali foydalanish orqali ijodiy qobiliyatini rivojlantirish hamda o‘quvchilarning nazariy metodologik, uslubiy asoslarini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Xalqaro miqyosda ta’limning sifat va samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalar, didaktik materiallar va axborot texnologiyalarni tatbiq etish mexanizmlarini zamonaviy rivojlanish tamoyillari asosida yanada takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Tadqiqot natijalari, kichik yoshli bolalarda fanga oid zarur kompetentsiyalarni shakllantirish, fanlararo bog‘liqlik mohiyatini ochib berish, ta’lim texnologiyalarining axborot texnologiyalari vositalari bilan integratsiyalash asosida fanni nazariy asoslarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Mamlakatimiz umumta’lim maktablarining ta’lim-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash orqali o‘quvchi yoshlar uchun qo‘shimcha o‘quv muhitini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini axborot texnologiyalari asosida integratsiyalashgan o‘quv muhiti orqali o‘quvchilarda ta’lim olishga kuchli motivatsiyani shakllantirish talab etilmoqda.</em></p>
axborot texnologiyalarimultimediasavod o‘rgatishkompetentlikbilimko‘nikmamalakainformation technologiesmultimedialiteracy training
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.