«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 30 Issue 3 (2024)
KOGNITIV TILSHUNOSLIK ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKNING YANGI YO‘NALISHI SIFATIDA
Xalilova, Zarnigor
Abstract
<p><em>So‘nggi yillarda tilshunoslikda “kognitiv” va “kognitiv fanlar” atamalari keng qo‘llanilmoqda. Ko‘plab tadqiqotchilar zamonaviy tilshunoslikda yangi ”kognitiv” paradigmalarning paydo bo‘lganligi haqida ta’kidlamoqdalar. Ko‘plab </em><em>tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra tilga antroposentrik yondashuv ya’ni tilni inson tafakkuri va ongi bilan chambarchas bog‘langan holda o‘rganish zamonaviy tilshunoslik ilmida yangi yo‘nalishlar kognitiv tilshunoslik hamda lingvomadaniyatshunoslikning vujudga kelishiga zamin yaratdi. XXI asr tilshunosligining peshqadam sohasiga aylanib ulgurgan kognitiv tilshunoslikning vujudga kelish tarixi amerikalik tilshunos Noam Xomkiy nazariyasi bilan bog‘lanadi. Taniqli rus tilshunosi Maslova o‘zining “Kognitiv Tilshunoslik” nomli kitobida kognitivizmni inson ongi, tafakkuri va ular bilan bog‘liq bo‘lgan ruhiy jarayonlar va holatlarni o‘rganadigan ilmiy yo‘nalish deb ta’riflaydi. Demyankova va Kubryakovaning fikricha, kognitiv tilshunoslik tilni axborotni kodlash va uzatishda rol o‘ynaydigan kognitiv mexanizm sifatida o‘rganadi. Tilning dunyoni anglashdagi roli haqidagi mulohazalar antik davrdan hozirgi kungacha turli davr va xalqlarning mutafakkirlarining qarashlarida uchraydi.</em></p>
kognitiv tilshunoslikzamonaviy tilshunosliktil va ongma’no hosil qilishkontseptualizatsiya.cognitive linguisticsmodern linguisticslanguage and consciousnessmaking meaningsconceptualization.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.