«FarDU ilmiy xabarlari» 30-jild 3-son (2024)
TALABALARNING INGLIZ TILIDA NUTQIY KOMPETENSIYASINI O‘YIN TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Axmadaliyeva, Dildora
Annotatsiya
<p><em>Mazkur maqola talabalarning ingliz tilida nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishda o‘yin texnologiyalari asosida o‘qitish metodikasini o‘rganishga bag‘ishlangan. Bugungi globallashgan dunyoda ingliz tilini mukammal egallash muhim vazifa hisoblanadi. An’anaviy ta’lim usullari bu ehtiyojlarni qondirishda yetarli emasligi bois, yangi pedagogik yondashuvlarga ehtiyoj ortmoqda. Ushbu maqolada o‘yin texnologiyalari asosida talabalarni qiziqarli va motivatsion muhitda ingliz tilini o‘rganishga qanday yordam berishi tahlil qilingan. O‘yin asosidagi o‘qitish talabalarni nutqiy ko‘nikmalarini haqiqiy vaziyatlarda sinashga undab, tilni amaliyotda qo‘llashga rag‘batlantiradi. Maqolada o‘yin texnologiyalarini ta’limga integratsiyalash strategiyalari, ularning o‘quv jarayoniga ta’siri va o‘qitish samaradorligini oshirish muhokama qilingan. Nazariy va amaliy misollar orqali o‘yin asosidagi ta’limning ingliz tili o‘rganishda qanday o‘zgarishlar kiritishi va talabalarga zarur ko‘nikmalarni rivojlantirishda qanday yordam berishi ko‘rsatib o‘tilgan.</em></p>
Ingliz tilinutqiy kompetensiyao‘yin texnologiyalario‘yin asosidagi ta’lim metodikasitil o‘rganishinteraktiv ta’limpedagogik yondashuvlaro‘quv motivatsiyasiraqamli ta’liminnovatsion pedagogika
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.