«FarDU ilmiy xabarlari» 30-том 3-сан (2024)
FARZANDLIKKA OLISHNI BEKOR QILISH ASOSLARI
Dadaboyeva, Jumagul
Аннотация
<p><em>Mazkur tadqiqotning maqsadi farzandlikka olishni bekor qilishga oid huquqiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishni tadqiq etish, bu boradagi muammolarni aniqlash va qonunchilikni takomillashtirish, huquqni qoʻllash amaliyotini yaxshilash sohasidagi takliflarni ishlab chiqishdan iborat.</em></p> <p><em>Mazkur maqolada farzandlikka olishni bekor qilish asoslari konseptuallik, muammoviy-maqsadli, qiyosiy huquqiy, amaldagi qonun hujjatlari va ularni qo‘llashni ilmiy tahlil etish ilmiy usullari yordamida tahlil etilgan. </em></p> <p><em>Farzandlikka olishni bekor qilish deganda, farzandlikka olish natijasida yuzaga kelgan munosabatlarni sud tartibida bekor qilinishini anglatuvchi yuridik fakt tushuniladi. Farzandlikka olishni bekor qilinishi natijasida farzandlikka oluvchi (uning qarindoshlari) va farzandlikka olingan bola oʻrtasidagi barcha huquqiy munosabatlar tugatiladi. Shu bilan birga, bola va uning oʻz (biologik) ota-onasi (uning qarindoshlari) oʻrtasidagi oʻzaro huquq va majburiyatlar agarda bolaning manfaatlariga zid kelmasa qayta tiklanadi. Demak, farzandlikka olishni bekor qilinishi huquqni tugatuvchi va huquqni qayta tiklovchi yuridik fakt boʻlib hisoblanadi.</em></p>
Farzandlikka olishhuquqiy munosabatfarzandlikka oluvchifarzandlikka olinuvchioilaviy munosabatlaroilaviy tarbiyaoilaviy tarbiyalash shakliota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarfarzandlikka olishni bekor qilishhuquqiy tartibga solish
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.