«FarDU­ ilmiy xabarlari» 30-tom 4-san (2024)

ERIOBOTRYA JAPONICA URUG‘I TARKIBIDAGI AMINOKISLOTALARNI YUSSX USULIDA ANIQLASH

Zakirova, Gulnoraxon

Derekkózde oqıw

Annotaciya

<p>Aminokislotalar fiziologik jihatdan muhim birikmalarni tashkil etib, oqsil, ferment, nuklein kislotalar, yog’lar va gormonlar sintezida ishtirok etadi. Ular keng farmakologik ta'sir spektriga ega bo’lganligi uchun organizmda oson hazm bo’ladi, shu bilan birga inson organizmi uchun havfsiz vosita bo’lib xizmat  qiladi. Almashinmaydigan aminokislotalarga ega bo’lgan o’simliklardan xalq tabobati uchun keng foydalanish, xavfsiz dori vositalarini tayyorlash bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.  <em>Eriobotrya japonica</em> o’simligi mevasi tarkibidagi urug’ning aminokislotalar tarkibini  sifat va miqdor jihatdan yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usulida o’rganish tadqiqotning maqsadi etib belgilandi.  Namuna sifatida Farg’ona viloyatida yetishtirilayotgan eriobotrya japonica mevasining urug’i tanlab olindi, uning tarkibidagi aminokislotalar YuSSX Agilent 1260 II Infiniti qurilmasi floresan (FLD) detektori yordamida aniqlandi. Namuna  tarkibida 18 xil aminokislotalar sifat va miqdor jihatdan taxlil qilindi. Olingan natijalarga ko’ra, namuna tarkibida 13 turdagi aminokislotalar mavjud bo’lib, eng yuqori miqdorda lizin (18.947mg/g) mavjudligi aniqlandi. Eriobotrya japonica urug’ida almashinmaydigan aminokislotalardan arginin (0.0656mg/g), valin (0.0474mg/g), gistidin (0.0144mg/g), izoleytsin (0.16mg/g), metionin (0,017mg/g), triptofan (0.097mg/g), fenilalaninlar (0.0425mg/g)  aminokislotalari, almashinadigan aminokislotalardan esa glitsin (0.927mg/g), alanin (0.207mg/g), serin (0.2839mg/g) va tirozin (0.034mg/g) aminokislotalari bor ekanligi tadqiq etildi. Almashinmaydigan aminokislotalar miqdori 0.0144mg/g dan 18.947mg/g ga qadar bo’lgan. Urug’ tarkibida leysin, glutamin, asparagin, prolin va trianin aminokislotalari uchramadi. Eriobotrya japonica urug’i tarkibidagi boshqa biologik faol birikmalar bilan birgalikda tarkibidagi almashinmaydigan aminokislotalarning mavjudligi uning terapevtik ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi hamda yangi turdagi tabiiy dori vositalarini ishlab chiqarishga zamin yaratadi.</p>

Kalit so’zlar: eriobotrya japonicaalmashinadigan aminokislotalaralmashinmaydigan aminokislotalaryuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi.

Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.

Dáyeksóz alıw

APA 7
Zakirova, Gulnoraxon (2024). ERIOBOTRYA JAPONICA URUG‘I TARKIBIDAGI AMINOKISLOTALARNI YUSSX USULIDA ANIQLASH. «FarDU­ ilmiy xabarlari», 30(4).
GOST R 7.0.5
Zakirova, Gulnoraxon ERIOBOTRYA JAPONICA URUG‘I TARKIBIDAGI AMINOKISLOTALARNI YUSSX USULIDA ANIQLASH // «FarDU­ ilmiy xabarlari». 2024. Т. 30. № 4.
BibTeX
@article{gulnoraxon2024,
  author  = {Zakirova, Gulnoraxon},
  title   = {ERIOBOTRYA JAPONICA URUG‘I TARKIBIDAGI AMINOKISLOTALARNI YUSSX USULIDA ANIQLASH},
  journal = {«FarDU­ ilmiy xabarlari»},
  year    = {2024},
  volume  = {30},
  number  = {4}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Zakirova, Gulnoraxon
TI  - ERIOBOTRYA JAPONICA URUG‘I TARKIBIDAGI AMINOKISLOTALARNI YUSSX USULIDA ANIQLASH
JO  - «FarDU­ ilmiy xabarlari»
PY  - 2024
VL  - 30
IS  - 4
ER  -