«FarDU­ ilmiy xabarlari» 30-tom 3-san (2024)

O‘ZBEKISTON VA UNGA TUTASH TOG‘LI HUDUDLARDAGI TO‘G‘ONLI KO‘LLAR, ULARNING TADQIQ ETILISHI VA ULAR BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLARNING KESKINLASHUVI

Pirnazarov, Ravshan, Usmonova, Sugdiyona

Derekkózde oqıw

Annotaciya

<p><em>Ko‘llar o‘zida juda katta hajmdagi suv resurslarini to‘plab, tabiiy suv ombori vazifasini bajaradi. Lekin qadimdan ko‘llardan nafaqat suv ombori sifatida, balki baliqchilikni rivojlantirish, dengiz mahsulotlarini yetishtirish maqsadida ham foydalanib kelingan. Shuningdek ko‘llar o‘zining betakror tabiati bilan kishilarni maftun etib kelgan, ularning atrofida rekreatsion maskanlar barpo etilgan. Shu bilan birga shunday ko‘llar borki ular halokatli sel toshqinlarini keltirib chiqarishi bilan aholiga, ularning mol-mulkiga katta zarar yetkazadi. Bunday ko‘llar umumlashma nom bilan - to‘g‘onli ko‘llar, deb ataladi. To‘g‘onli ko‘llarda ro‘y bergan sel toshqinlari to‘g‘risida ilmiy manbaalarda juda ko‘plab bitiklar saqlanib qolgan. Bu borada limnologlar tomonidan ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilgan va olingan natijalar o‘sha davr uchun eng qimmatli ma’lumot sifatida qadrlangan. Shu maqsadda, turli davrlardagi limnologik tadqiqotlarni o‘rganish va shu asosda muammoning hozirgi holatini baholash muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Ushbu masalaning ijobiy hal etilishi qishloq xo‘jaligini suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bilan birga to‘g‘onli ko‘llar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sel toshqinlarining oldini olishga, shunday hodisalar kuzatilgan taqdirda, ularning zararini ma’lum darajada kamaytirishga va, eng asosiysi, aholining xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ilmiy asoslangan holda belgilashga imkon beradi. Yuqoridagilarni inobatga olib, mazkur maqolada O‘zbekiston va unga tutash tog‘li hududlarda joylashgan to‘g‘onli ko‘llar, ularning tadqiq etilishi va ular bilan bog‘liq muammolarning bugungi kundagi keskinlashuvi masalalari yoritib beriladi.</em></p> <p><em>Masalani yoritishda turli davrlarda bajarilgan tadqiqot natijalari va xulosalaridan foydalanilgan. Shuningdek, to‘g‘onli ko‘llar tizimining suv va sedimentatsiya balansi elementlari gidrologik, meteorologik va gidrogeologik hisoblash usullari asosida baholangan; qulama to‘g‘on parametrlarini aniqlash, uning barqarorligini baholash hamda to‘g‘onning buzilish xavfini kamaytirishga qaratilgan tadqiqotlarda esa maxsus topogeodezik va gidravlik tadqiqot usullaridan, shuningdek, kartografik, geografik o‘xshashlik va taqqoslash, matematik statistika usullaridan ham keng foydalanilgan.</em></p>

tog‘ ko‘llarito‘g‘onli ko‘llarqulama to‘g‘onko‘l havzasimorena ko‘llarmuzlik ko‘llarisuv toshqinlarigidrometeorologik sharoitgidrologik tadqiqotlar.mountain lakes

Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.

Dáyeksóz alıw

APA 7
Pirnazarov, Ravshan & Usmonova, Sugdiyona (2024). O‘ZBEKISTON VA UNGA TUTASH TOG‘LI HUDUDLARDAGI TO‘G‘ONLI KO‘LLAR, ULARNING TADQIQ ETILISHI VA ULAR BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLARNING KESKINLASHUVI. «FarDU­ ilmiy xabarlari», 30(3).
GOST R 7.0.5
Pirnazarov, Ravshan, Usmonova, Sugdiyona O‘ZBEKISTON VA UNGA TUTASH TOG‘LI HUDUDLARDAGI TO‘G‘ONLI KO‘LLAR, ULARNING TADQIQ ETILISHI VA ULAR BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLARNING KESKINLASHUVI // «FarDU­ ilmiy xabarlari». 2024. Т. 30. № 3.
BibTeX
@article{ravshan2024,
  author  = {Pirnazarov, Ravshan and Usmonova, Sugdiyona},
  title   = {O‘ZBEKISTON VA UNGA TUTASH TOG‘LI HUDUDLARDAGI TO‘G‘ONLI KO‘LLAR, ULARNING TADQIQ ETILISHI VA ULAR BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLARNING KESKINLASHUVI},
  journal = {«FarDU­ ilmiy xabarlari»},
  year    = {2024},
  volume  = {30},
  number  = {3}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Pirnazarov, Ravshan
AU  - Usmonova, Sugdiyona
TI  - O‘ZBEKISTON VA UNGA TUTASH TOG‘LI HUDUDLARDAGI TO‘G‘ONLI KO‘LLAR, ULARNING TADQIQ ETILISHI VA ULAR BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLARNING KESKINLASHUVI
JO  - «FarDU­ ilmiy xabarlari»
PY  - 2024
VL  - 30
IS  - 3
ER  -